Ji Xiang
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ji Xiang | ||
Tavallud sanasi | 1-mart 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Yangzhou, Jiangsu, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shandong Taishan | ||
Raqami | 37 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2021 | Jiangsu Suning | 255 | (23) |
2021- | Shandong Taishan | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2014- | Xitoy | 11 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun 2021-yil uchun) |
Ji Xiang (1990-yil 1-martda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ji Xiang professional futbolchilik faoliyatini 2008-yilgi mavsumda Jiangsu Suning bilan ularning katta jamoasiga koʻtarilgandan boshlagan. U 2008-yil 18-oktyabrda „Qingdao Hailifeng“ klubiga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan va oʻz debyutini nishonlagan[2]. Liga mavsumi oxirida Ji Xiang divizion chempionligini qoʻlga kiritgan va Xitoy futbolining yuqori darajasiga koʻtarilgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan[3]. Yuqori divizion klubi Jiangsuning murabbiyi Pey Encai dastlab Ji Siandan foydalanishni istamagan, ammo 2010-yilgi liga mavsumida unga koʻproq ishonch bildirgan, buning natijasida Ji Sian 2010-yil 22-avgustda klub uchun birinchi golini urib, murabbiyni ishonchini oqlay boshlagan. Oʻsha oʻyinda Jiangsu Qingdao Jonoon FCga ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan[4]. Keyingi mavsumda u Pey Encai ketganiga qaramay, oʻzini jamoada muntazam oʻynaydigan asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2012-yilgi mavsumda Ji Xitoy Superligasi tarixidagi eng tezkor gol boʻyicha rekordni yangilagan yaʼni 7 soniyada gol urgan. Bu gol 2012-yil 20-oktyabrda Guangzhou Evergrandga qarshi durangni taʼminlagan[5]. Endi u jamoaning almashtirilmaydigan oʻyinchisiga aylanib ulgurgan edi, 2015-yilgi Xitoy FA kubogida „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan[6]. Shundan soʻng 2020-yilgi Xitoy Superligasi chempioni boʻlgan va eng soʻngida klubi bilan birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan[7].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ji Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. Nihoyat u rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Jiangsu Suning | 2008 | Xitoy Birinchi Ligasi | 3 | 0 | - | - | - | 3 | 0 | |||
2009 | Xitoy Super Ligasi | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | ||||
2010 | 13 | 4 | - | - | - | 13 | 4 | |||||
2011 | 23 | 2 | 1 | 0 | - | - | 24 | 2 | ||||
2012 | 30 | 6 | 1 | 1 | - | - | 31 | 7 | ||||
2013 | 20 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 26 | 1 | ||
2014 | 23 | 1 | 5 | 1 | - | - | 28 | 2 | ||||
2015 | 29 | 0 | 6 | 0 | - | - | 35 | 0 | ||||
2016 | 28 | 5 | 7 | 1 | 6 | 2 | 1 | 0 | 42 | 8 | ||
2017 | 26 | 2 | 3 | 1 | 5 | 1 | 1 | 0 | 35 | 4 | ||
2018 | 22 | 2 | 4 | 1 | - | - | 26 | 3 | ||||
2019 | 20 | 0 | 2 | 0 | - | - | 22 | 0 | ||||
2020 | 18 | 0 | 5 | 0 | - | - | 23 | 0 | ||||
Jami | 255 | 23 | 35 | 5 | 15 | 3 | 3 | 0 | 308 | 31 | ||
Karyerada jami | 255 | 23 | 35 | 5 | 15 | 3 | 3 | 0 | 308 | 31 |
Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2014 | 1 | 0 |
2015 | 7 | 0 |
2016 | 0 | 0 |
2017 | 0 | 0 |
2018 | 0 | 0 |
2019 | 2 | 1 |
2020 | 0 | 0 |
2021 | 1 | 0 |
Jami | 11 | 1 |
Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 18.12.2019 | Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya | Gonkong | 1 — 0 | 2-0 | 2019-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati |
Yutqular
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jiangsu Suning
- Xitoy Superligasi : 2020[8]
- Xitoy Birinchi ligasi : 2008-yil
- Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil
- Xitoy FA kubogi : 2015[9]
Shandong Taishan
- Xitoy Superligasi : 2021
- Xitoy FA kubogi : 2021
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jiangsu 1-1 Hangzhou Lucheng“. ESPN Star Sports (24-sentabr 2010-yil). 30-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2012-yil.
- ↑ „马戈诺谭斯联手发威 舜天2-0青岛主场保持不败“. sports.sohu.com (18-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
- ↑ „China League One 2008“. soccerway.com (15-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
- ↑ „JIANGSU SUNING VS. QINGDAO JONOON 4-0“. soccerway.com (22-avgust 2010-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
- ↑ „吉翔创中超最快进球纪录“. sports.21cn.com (21-oktabr 2012-yil). 17-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
- ↑ „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Alex Teixeira shines as Jiangsu claim maiden Chinese Super League title“. ESPN (16-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ „中超-特谢拉造红牌+破门 苏宁2-1恒大夺中超首冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (12-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.„足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn. 2015-11-29. Retrieved 2021-01-25.