Juan Foyth
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Juan Marcos Foyth[1] | ||
Tavallud sanasi | 12-yanvar 1998-yil[2] | ||
Tavallud joyi | La Plata, Argentina | ||
Boʻyi | 1.88 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Villarreal | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2017 | Estudiantes | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017 | Estudiantes | 7 | (0) |
2017-2021 | Tottenham Hotspur | 16 | (1) |
2020-2021 | → Villarreal (loan) | 16 | (0) |
2021- | Villarreal | 29 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2017 | Argentina U20 | 12 | (0) |
2018- | Argentina | 16 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-noyabr uchun) |
Juan Marcos Foyth (1998-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot va markaziy himoyachisi.
Professional faoliyatini oʻz shahrining „Estudiantes“ klubida boshlagan, u "Tottenxem" da Premer-ligada, „Vilyarreal“da esa La Ligada oʻynagan. U „Villyareal“ klubi bilan 2021-yilda UEFA Yevropa ligasida gʻolib chiqqan.
Foyt Argentina terma jamoasi safida 2018-yilda debyut qilgan va 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estudiantes
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buenos-Ayres provinsiyasining La Plata shahrida tugʻilgan Foyt oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan joyidagi klub „Estudiantes de La Plata“ bilan boshlagan[4]. U bir necha yil Yoshlar akademiyasida dastlab hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynadi, soʻngra 16 yoshga toʻlgunga qadar markaziy himoyachi ampulasiga oʻtdi[5]. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2017-yilning yanvarida imzolagan, bu esa uni klub safida 2019-yilning iyunigacha qolishiga sabab boʻlgan[6]. Primeradagi debyutini 2017-yilning 19-martida, Patronato klubiga qarshi o‘tkazdi[7]. U yana olti marta ligada oʻynadi va Sudamerikana kubogida ham ikkita oʻyin oʻtkazdi[8].
Tottenxem Hotspur
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foyt 2017-yilning 30-avgustida, besh yillik shartnoma asosida, 8 million funt sterling evaziga "Tottenxem" klubiga o‘tdi[9][10]. U 19-sentyabr kuni „Tottenxem“ — „Barnsli“ EFL kubogi bahsida oʻz debyutini oʻtkazdi[11].
Foyt Premer-ligadagi debyutini 2018-yilning 3-noyabrida"Vulverxempton" jamoasiga qarshi safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinda amalga oshirdi[12]. Oʻzining navbatdagi liga oʻyinida, „Kristal Pelas“ klubi mehmoni boʻlganida, u faoliyatidagi ilk golini urib, „Tottenxem“ ga gʻalaba taqdim etdi[13]. 2019-yil 4-may kuni, u Tobi Alderveyreld o‘rniga tanaffusda maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng „Bornmut“ klubi himoyachisi Jek Simpsonga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi[14].
Vilyarreal
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil oktyabr oyida, Foyt „Tottenxem“ bilan 2024-yilgacha yangi shartnoma imzoladi va keyin Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubiga ijaraga berildi[15]. 22-oktyabr kuni oʻz debyutini o‘tkazdi va UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida Turkiyaning „Sivasspor“ jamoasiga qarshi oʻyinda (5:3) g‘alaba qozondi[16]. U turnirda yana 11 ta oʻyin oʻtkazdi[17].
Foyt 2021-yilning iyun oyida „Vilyarreal“ bilan 15 million yevro evaziga besh yillik toʻliq shartnoma imzoladi[18]. U murabbiy Unai Emeri uchun oʻng qanotdagi asosiy oʻyinchiga aylandi[19].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foyt 2017-yilda Argentinaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida toʻp surgan. U yoshlar terma jamoasi safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi: to‘qqiztasi 2017-yilda Ekvadorda o‘tkazilgan Janubiy Amerika yoshlar futboli chempionatida va yana uchtasi 2017-yilgi FIFA U20 Jahon chempionatida[20].
Foyt 2018-yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Argentina terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi[21]. U 16-noyabr kuni Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi va Argentinaga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Undan tashqari, u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bu o‘yindagi o‘yini uchun ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi[22][23]. Foyt 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoaga chaqirilgan va musobaqadagi ilk oʻyinini Qatarga qarshi oʻtkazgan[24]. U yana uchta bahsda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynadi[25] va uchinchi oʻrin uchun Chiliga qarshi bahsda ular 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi[26][27].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Argentinada tugʻilgan Foyt asli polshalik va Polsha pasportiga ega hisoblanadi[28]. Uning bobosi va buvisining familiyasi Fojt deb yozilgan boʻlib, Argentinaga kelganida ular oʻzgartirilgan[29].
Foyt 2019-yil iyul oyida Argentinaning La-Plata shahrida oʻzining uzoq yillik maʼshuqasi Ariana Alonsoga uylandi[30].
Faoliyatidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar
Jamoalar | Mavsumlar | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizyonlar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Estudiantes | 2016-17 | Argentine Primera División | 7 | 0 | 0 | 0 | — | 2[izoh 1] | 0 | — | 9 | 0 | ||
Tottenham Hotspur | 2017-18[31] | Premier League | 0 | 0 | 5 | 0 | 2 | 0 | 1[izoh 2] | 0 | — | 8 | 0 | |
2018-19[32] | Premier League | 12 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 2[izoh 2] | 0 | — | 15 | 1 | ||
2019-20[33] | Premier League | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3[izoh 2] | 0 | — | 7 | 0 | ||
Umumiy | 16 | 1 | 7 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | — | 30 | 1 | |||
Villarreal (loan) | 2020-21 | La Liga | 16 | 0 | 4 | 0 | — | 12[izoh 3] | 1 | — | 32 | 1 | ||
Villarreal | 2021-22 | La Liga | 25 | 1 | 2 | 0 | — | 10[izoh 2] | 0 | 1[izoh 4] | 0 | 38 | 1 | |
2022-23 | La Liga | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 1[izoh 5] | 0 | — | 6 | 0 | |||
Umumiy | 45 | 1 | 7 | 0 | — | 23 | 1 | 1 | 0 | 76 | 2 | |||
Umumiy koʻrsatkich | 68 | 2 | 14 | 0 | 3 | 0 | 31 | 1 | 1 | 0 | 115 | 3 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yilning 16-noyabrigacha bo'lgam o'yinlar[34]
Milliy terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Argentina | 2018 | 1 | 0 |
2019 | 9 | 0 | |
2020 | 1 | 0 | |
2021 | 2 | 0 | |
2022 | 3 | 0 | |
Jami | 16 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tottenxem Hotspur
- UEFA Chempionlar Ligasida 2-oʻrin sohibi: 2018-19[35]
Vilyarreal
- UEFA Yevropa ligasi : 2020-21[36]
Argentina
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2017-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Juan Foyth: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
- ↑ „Foyth“. Villarreal CF. 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
- ↑ „Juan Foyth: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2021-yil 7-yanvar.
- ↑ Coates, Peter. „Meet Juan Foyth: Tottenham's new stopper, as told by the coaches who helped him get there“. FourFourTwo (2017-yil 19-sentyabr).
- ↑ „First contract for Juan Marcos Foyth“. estudiantesdelaplata.com. Estudiantes de La Plata (2017-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
- ↑ Pandey. „Scout Report: Juan Foyth“. Outside of the Boot (2017-yil 29-iyul). 2018-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
- ↑ „Juan Foyth fue presentado como jugador del Tottenham“. Deportv (2017-yil 30-avgust). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-sentyabr.
- ↑ Tottenham Hotspur (2017-yil 30-avgust). „Foyth completes move“. Press-reliz.
- ↑ „Juan Foyth: Tottenham sign Estudiantes centre-back on five-year deal“. BBC Sport (2017-yil 20-avgust).
- ↑ Rosser, Jack. „Tottenham 1 Barnsley 0: Maurico Pochettino lauds Juan Foyth after impressive Wembley debut“. Evening Standard (2017-yil 19-sentyabr).
- ↑ „Spurs survive Wolves fightback to go fourth“. BBC Sport (2018-yil 3-noyabr).
- ↑ MacInnes, Paul. „Juan Foyth scores first career goal to give Tottenham win at Crystal Palace“. The Guardian (2018-yil 10-noyabr).
- ↑ Hytner, David. „Nine-man Tottenham undone at the last as Aké snatches win for Bournemouth“. The Observer (2019-yil 4-may). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ „Tottenham: Juan Foyth signs new deal before loan move to Villarreal“. BBC Sport (2020-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Europa League: Juan Foyth tuvo un gran debut con Villarreal en la victoria por 5-3 sobre Sivasspor“ (Spanish). TNT Sports (2020-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ Stone, Simon. „Villarreal beat Man Utd in epic shootout“. BBC Sport (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
- ↑ „Villarreal ejerce opción de compra sobre argentino Foyth, quien firma contrato por 5 temporadas“ (Spanish). Reuters (2021-yil 11-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ Mateu, Ismael. „Los comodines de Emery frente a las adversidades“ (Spanish). Super Deporte (2022-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ „Who is Spurs target Juan Foyth and is he any good on Football Manager?“. Planet Football.
- ↑ Menno. „Tottenham's Juan Foyth named to Argentina squad for upcoming friendlies“. Cartilage Free Captain (2018-yil 28-sentyabr).
- ↑ Coombs. „Argentine press rave about Tottenham Hotspur star Juan Foyth“. HITC (2018-yil 19-noyabr).
- ↑ Brown. „Tottenham Hotspur's Juan Foyth lauded following Argentina 2-0 Mexico“. 101 Great Goals (2018-yil 17-noyabr). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
- ↑ Verrall. „Argentina fans react to Tottenham Hotspur ace Juan Foyth's display“. HITC (2019-yil 24-iyun).
- ↑ Oliver Dawnay. „'ENDING CAREERS' Brazil 2-0 Argentina: Juan Foyth produces sensational piece of skill to leave Philippe Coutinho for dead and Tottenham delighted“. Talksport (2019-yil 3-iyul).
- ↑ „Messi sent off, Aguero scores & Sanchez injured in thrilling Copa America tie“. BBC Sport (2019-yil 6-iyul).
- ↑ „Foyth helps Argentina clinch third spot at Copa America“. Hackney Gazette (2019-yil 8-iyul). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
- ↑ „Juan Foyth set to complete move to PSG“. Get Football News France.
- ↑ Torres, Diego. „Juan Foyth: “Con Pochettino y Kane aprendí a ser agresivo”“ (Spanish). El País (2021-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ „¡Se casó Juan Foyth, el joven defensor de la Selección Argentina!“ (Spanish). Pronto (2019-yil 15-iyul). 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Games played by Juan Foyth in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Games played by Juan Foyth in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
- ↑ „Games played by Juan Foyth in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
- ↑ „Foyth, Juan“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
- ↑ McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (2019-yil 1-iyun). Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.
- ↑ Stone, Simon. „Villarreal beat Man Utd in epic shootout“. BBC Sport (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
- ↑ „Italy 0–3 Argentina: Messi and Di Maria shine in impressive Finalissima win“. BBC Sport (2022-yil 1-iyun). Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tottenxem Hotspur FC veb-saytidagi profil
- Juan Foyth <
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found
- NFT template with ID Vikimaʼlumotlarda mavjud boʻlmagan sahifalar
- 12-yanvarda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- La Liga oʻyinchilari
- Argentina U20 terma jamoasi futbolchilari
- Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Argentina terma jamoasi futbolchilari
- Argentinalik futbolchilar
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha
- Pages with reference errors that trigger visual diffs