Junichiro Koizumi
Junʼichiro Koidzumi (1942.8.1, Yokosuka) — Yaponiya bosh vaziri. Keyo universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgan (1967). 1972-yildan Kanagava prefekturasidan parlamentning vakillar palatasi depatuti (1972—79), Yaponiya moliya vazirining parlamentdagi oʻrinbosari (1979), Yaponiya Liberal demokratik partiyasi (YALDP)ning moliya masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi (1980—82), Yaponiya parlamentida moliya masalalari qoʻmitasi raisi (1982-88), 1988-91 va 1996-98 yillarda Yaponiya sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, YALDP bosh kotibining birinchi oʻrinbosari (1991-yildan), Yaponiya pochta va telekommunikatsiya ishlari vaziri (1992 dan), YALDPda xususiy fraksiya rahbari (1998-yildanX 2001-2005-yillarda Yaponiya bosh vaziri.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |