Kalakan tumani
Kalakan tumani | |
---|---|
District | |
34°45′45″N 69°10′32″E / 34.76250°N 69.17556°E | |
Aholisi (2015) |
30 962 |
|
Kalakan tumani Afgʻonistonning Kobul viloyatining shimoliy qismida joylashgan . Gʻarbdan Guldara tumani, shimoldan Qorabogʻ tumani, sharqdan Dih Sabz tumani va janubdan Mir Bacha Kot tumani bilan chegaradosh. Aholisi 26800 nafarni tashkil etadi (2006). Aholining asosiy qismini tojiklardan iborat. Markazi — Qalakan qishlogʻi, tumanning markaziy qismida joylashgan. Tuman urushdan jiddiy zarar ko'rdi. Aksariyat infratuzilma vayron qilingan. Ko'chirilgan oilalarni qayta tiklash va qaytarish juda sekin jarayon.
Qalakan va aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amir Habibulloh Kalakani 1929-yilda qirolning tez modernizatsiya rejalariga qarshi boʻlgan turli pushtun qabilalari yordamida podshoh Omonullaga qarshi muvaffaqiyatli qoʻzgʻolon koʻtarib, 9 oy Afgʻoniston amiri boʻldi . Muhammad Nodir tomonidan magʻlubiyatga uchragan va qatl etilganidan soʻng Kalakaniga suv tashuvchining oʻgʻli Bacha-i-Saqao nomi berilgan. Kalakani tojik boʻlib, 1890-yilda tugʻilgan boʻlsa kerak.