Lyossli plato
Lyossli plato, Lyossli tekislik (xitoy tilida Xuantugaoyuan) — Xitoydagi tabiiy oʻlka. Xuanxe daryosi havzasining oʻrta qismida. Jan.da Sinlin, sharqda Tayxanshan tizmalari, shim.da Ordos choʻli, shim.-gʻarbda Alashan choʻli, gʻarbda Kunlun tiz-malari bilan chegaralangan. Maydoni 430 ming km². Relyefi asosan, sertepa yassi tekislik boʻlib, balandligi 1200–1500 m (baʼ-zi tizmalarning balandligi 2500.ga yetadi). Geologik jihatdan Lyossli plato lyoss bilan krplangan qalin mezozoy stqiziklari bilan toʻlgan botiqdir. Lyoss qoplamining qalinligi 100–250 metr. Deyarli toʻliq eroziyaga uchragan (1 km² da 5–6 km li jarliklar bor, chuqurligi 100–150 m ga yetadi). Iqlimi quruq sovuq qishli va yozi issiq moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da —8° dan janubda — 4°gacha, iyulniki shim.da 22° dan jan.da 24°gacha. Yiliga 500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Daryolar chuqur daralardan oqadi va juda katta miqdorda oqiziq olib ketadi. Lyossli tuproqlarning unumdorligi sababli, hududining katta kismi oʻzlashtirilgan, yon bagʻirlar sunʼiy terrasalangan. Paxta, tariq, gaolyan, bugʻdoy ekiladi. Tabiiy oʻsimliklar faqat oʻzlashtirish noqulay yerlardagina saqlanib qolgan. Toshkoʻ-mir konlari bor. Lyossli platoda aholi zich. Yirik shaharlari — Sian, Tayyuan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |