Kontent qismiga oʻtish

Maluns

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malanus
Turi Garnir (bezak)
Milliy oshxona Shveysariya oshxonasi
Asl nomi Maluns
Kelib chiqishi Shveysariya
Asosiy komponentlari kartoshka, un, saryogʻ

Maluns — bu shveytsar kantoni Graubyundenning anʼanaviy taomlaridan biridir[1]. U avvaliga qaynatilgan va keyin qirgʻichdan oʻtkazilgan kartoshkadan tayyorlanadi. Shundan soʻng, mazkur aralashma kichik toʻp yoki mayda boʻlaklarga aylangunga qadar sariyogʻda qovurib olinadi[2]. Taom odatda mavsumga qarab olma yoki boshqa mevalardan tayyorlangan sharbat, shuningdek, salsiz (Salsiz) yoki grizon vetchinasi (Bündnerfleisch) kabi turli xil mahalliy pishloqlar va shoʻrva goʻshtlar bilan tortiladi. Ushbu taomni shuningdek, anʼanaviy tarzda sutli qahva bilan birga qabul qilishadi.

Shveysariyalik zodagon Iogann Gubert Rudolf fon Salis tomonidan ilk bora XVIII asrda Graubyundendagi Marshlins qal’asida[3] makkajoʻxori va kartoshka ekilgan edi. Aftidan, kartoshka bu yerda birinchi marta, 1758-yilda qal’adagi kechki ovqat paytida taqdim etilgan[4].

Roman tilidagi „maluns“ soʻzi lotincha micula/miculones soʻzidan kelib chiqib: „kichik uvoqlar“ degan maʼnoni anglatadi. Malunslar nemis tilida Bündner Kartoffelribel nomi bilan ham mashhur[5].

  • Kapuns — Graubyundenning yana bir anʼanaviy taomi.
  • Ryoshti — shveytsarcha anʼanaviy kartoshkali taom.
  1. Shveysariya à la carte. Traditsii Graubyundena
  2. Vreni de Jong-Müggler, Irmela Kelling. Gezond lekker eten. Uitgeverij Christofoor, 2011. 
  3. Maluns, helvetickitschen.ch. Retrieved 14-03-2021. („It was at Marschlins that Johann Gubert Rudolf von Salis planted the first corn and potatoes in the canton.“)
  4. Recipe: Maluns (Wayback Machine saytida 2021-01-25 sanasida arxivlangan), graubunden.ch. Retrieved 14-03-2021.
  5. Maluns / Slow-Fried or Scrambled Potatoes, europeancuisine.com. Retrieved 14-03-2021