Miriy
Miriy (1778—1829-yillarda yashab ijod qilgan) — oʻzbek shoiri, yozuvchisi va tarixchisi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miriy — Mangʻit oʻzbek urugʻidan boʻlgan tarixchi [1].
Mir Husaynning taxallusi. Mir Husayn 1785-yilda dunyoga keladi. U Buxoro amiri Shohmurodning[2] oʻgʻillaridan biri edi.
Miriyning piri ustozlari Shayx Niyozquliy, Nadr Boqiy, Shayx Miyon Fazl Ahmad edi.
Mir Husayn 1796-yilda otasi bilan Xuroson yurishida ishtirok etgan.
1798-1799-yillarda Samarqandga hokim etib tayinlanadi, bu lavozimni 1817 yoki 1821-yilgacha oʻzida saqlab qoladi[3].
1817-yilda u xotinining Shahrisabzdagi qarindoshlari huzuriga qochib, keyin Qoʻqondan panoh topadi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mir Husayn “Mahazin at-taqvo” – “Taqvo xazinasi” tarixiy asar muallifi edi. Asarda Buxoro amirlari tarixi va Buxorodagi soʻfiylik tarixi keng yoritilgan.
Miriy she’r bastalagan va Qoʻqon xoni Umarxon she’riyat antologiyasiga kiritilgan[4].
Tarixchi olim 1825-yildan keyin vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Анке фон Кюгельген, Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIXвв.). Алматы: Дайк-пресс, 2004, с.203
- ↑ Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII—XIX вв.). — Алматы: Дайк-пресс, 2004. — С. 137.
- ↑ Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII—XIX вв.). — Алматы: Дайк-пресс, 2004. — С. 138—139.
- ↑ Анке фон Кюгельген, Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIXвв.). Алматы: Дайк-пресс, 2004,с.140
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII—XIX вв.). — Алматы: Дайк-пресс, 2004.