Kontent qismiga oʻtish

Passau universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Passau universiteti
lotincha: Universitas Pataviensis
Turi davlat universiteti
Asos solingan sanasi 1973-yil 1-yanvar
Prezidenti Ulrich Bartosch
Talabalari 12,631[1]
Bakalavriat 39 ta ((ta'lim dasturlari)aspirantura bilan birga)
Aspirantura 39 ta((ta'lim dasturlari)bakalavr bilan birga)
Manzili
48°34′06″N 13°27′12″E / 48.56833°N 13.45333°E / 48.56833; 13.45333
,
Passau shahri, Bavariya
,
Germaniya
Kampusi Bavariya
Veb-sayti uni-passau.de

Passau universiteti (nemis tilida Universität Passau) Germaniyaning Passau shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. Passau universitetiga 1973-yilda asos solingan. Passau universiteti Bavariyadagi eng yosh universitet va shuning uchun shtatdagi eng zamonaviy kampusga ega. Shunga qaramay, uning Katolik tadqiqotlari instituti sifatidagi ildizlari XVII asr boshlariga borib taqaladi.

Bugungi kunda Passau universiteti toʻrtta fakultet va 39 xil bakalavriat va aspirantura dasturlariga ega[2].

Universitet 1973-yil 1-yanvarda Bayerischer Landtag (Bavariya shtat parlamenti) qarori bilan tashkil etilgan. Ammo universitetning tarixi 1622-yilda Fürst Leopold tomonidan 1612-yilda asos solingan gimnaziyaga Katolik tadqiqotlari instituti kiritilgan paytdan boshlanadi. 1773-yilda maktab yepiskop bilan munosabatlarini taʼkidlab, fürstbischöfliche Akademie(oʻzbekcha:knyaz-yepiskop akademiyasi) deb oʻzgartirildi. Shunga qaramay, 1803-yilda u kurfürstliches Lyzeumga(oʻzbekcha:saylov litseyi) tushirildi, bu maqomini yoʻqotishni anglatardi. Bir muncha vaqt tashlab ketilgandan soʻng, u Passauer Lyzeum (Passau litseyi) sifatida qayta tiklandi.

Bu litsey yillar davomida rivojlanib, 1923-yilda falsafiy-teologiya universitetiga aylandi. Natsistlar tuzumi davrida universitet oʻz logotipini oʻzgartirishga majbur boʻldi, ammo 1950-yilda Maryamning yovuzlikni yengib oʻtgan oʻgli „Iso“ ni ifodalovchi yangi muhr paydo boʻldi. Ushbu logotipning kuchli diniy ramziyligi yangi universitet uchun nomaqbul deb topildi va neytral logotip bilan almashtirildi. 1969- yilda shahar kengashi eski fakultetdan universitet tashkil etish boʻyicha muzokaralar boshladi.

IT markazi va xalqaro uy

Passau universiteti kampusi Germaniyada kamdan kam uchraydigan binolardan biri hisoblanadi. Universitetning barcha fakultetlari bitta koʻcha boʻylab bitta kampusda joylashgan (Eski shaharda joylashgan katolik ilohiyotshunosligi kafedrasi va shahar markazidagi bir qator idoralar bundan mustasno). Bu talabalar va xodimlarning ichki aloqalari uchun foydalidir. Kampus Inn daryosining chap qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan boʻlib, uni oʻqish maskani sifatida ajoyib joyga aylantiradi. Bogʻlar va oʻtloqlar yozda talabalar bilan gavjum boʻladi.

Nikolakloster binosi

Nikolakloster binosi universitet tashkil etilishidan ancha oldin mavjud boʻlgan kampusdagi eng qadimgi bino hisoblanadi. Nikolakloster binosi, shuningdek, universitetning zamonaviy arxitekturasini buzadigan yagona bino hamdir. Bugungi kunda Nikolakloster binosida til markazi joylashgan. Kampusning qarama-qarshi tomonida IT markazi (ITZ) binosi va sport maydonchalari joylashgan. 2014-yilda ochilgan kampusning so‘nggi qo‘shimchasi OAV va kommunikatsiya markazi bo‘lib, u yerda eng zamonaviy axborot xonasi joylashgan.

Universitetning sport inshootlari toʻrtta sport zali, futbol maydoni va poyga yoʻli boʻlgan yengil atletika maydonini oʻz ichiga oladi.

Oshxona

Semestr davomida xodimlar va talabalar uchun bepul sport kurslari taklif etiladi. Jumladan: futbol, voleybol, basketbol, eshkak eshish, jang sanʼati va aerobika kabilar[3].

Passau universitetida 560 oʻringa moʻljallangan va mukofotga sazovor boʻlgan oshxona mavjud. Kampusda qoʻshimcha ravishda toʻrtta kafeteriya mavjud boʻlib, ularda sendvichlar, qandolat mahsulotlari, kofe, alkogolsiz ichimliklar taklif etiladi.

Universitet bolalar bog'chasi talabalar va xodimlarning bolalari uchun ochiq. Nemis universitetida bolalar bog'chasi muassasasining boʻlishi odatiy hol emas, ammo oʻrtacha narxdagi xizmatdan 1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalari bor talabalar yaxshi foydalanadilar.

Kutubxona universitet bilan birgalikda 1978-yilda tashkil etilgan va oʻsha yili Passau talabalari va fuqarolari uchun oʻz eshiklarini ochgan. Markaziy kutubxona universitetning asosiy kutubxonasi boʻlib, beshta fakultet va institut kutubxonalari bilan birgalikda universitetning kutubxona tizimini tashkil etadi. Uning direktori doktor Steffen Wawra hisoblanadi. Universitet kutubxonasida hozirda ikki million kitob va 3050 jurnal mavjud[4]. Kuniga 16 soat ochiq bo‘lgan o‘quv zallarida kutubxona foydalanuvchilari uchun jami 1000 ta stol joylari ajratilgan.

Universitet rahbariyati prezident, professor Ulrich Bartosch; to‘rtta vitse-prezidentlar — professorlar Christina Hansen (xalqaro ishlar), Robert Obermaier (tadqiqot), Bettina Noltenius (tadqiqot, o‘qitish va etika), Harald Kosch (akademik infratuzilma va IT fani bo‘yicha)dan iborat. Shuningdek, tizimni akkreditatsiya qilish va barqarorlikning oʻzaro aloqadorligini taʼminlash vazifasi bilan ichki integratsiya boʻyicha komissar, professor Werner Gamerith, maʼmuriyat boshligʻi, doktor Achim Dilling va maʼmuriyat boshligʻi oʻrinbosari janob Thomas Werrlein shugʻullanishadi[5].

Senat universitetning qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. Prezident va vitse-prezidentlar, shuningdek, fakultet dekanlari va universitetning gender tengligi boʻyicha xodimilari lavozimi boʻyicha senatorlar hisoblanishadi.

Philosophicum (sanʼat va gumanitar fanlar binosi)

Passau universitetida toʻrtta fakultet mavjud: Huquq; Biznes, iqtisod va axborot tizimlari; San'at va gumanitar fanlar; va Informatika va matematika.

Kompyuter fanlari binosi
Yuridik fakultet binosi

2010-yilda katolik ilohiyotshunosligi kafedrasi va falsafa kafedrasi 15 yil davomida faoliyat koʻrsatmay qoldi. Katolik ilohiyotshunosligi kafedrasi hozirda oʻqituvchilar tayyorlash dasturlaridan birida va Karitas fanida magistraturada oʻqiyotgan talabalar uchun ixtisoslik sifatida katolik diniy taʼlimini taklif qiladi.

Birlashgan institutlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yevropa huquqi markazi (CEP)
  • Huquq didaktikasi instituti
  • Xalqaro va qiyosiy huquq instituti
  • Bozor va iqtisodiy tadqiqotlar instituti, shu jumladan:
Turizmda bozorga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar markazi (CenTouris)
Bozor tadqiqotlari markazi
  • Xususiy moliyaviy rejalashtirish instituti (IFP)
  • Biznes, kasbiy tayyorgarlik va uzluksiz taʼlimda amaliy axloq instituti (WAW)
  • Sharqiy Bavariya hududini oʻrganish instituti (IKON)
  • Madaniyatlararo aloqa instituti (ink.up)
  • Fanlararo media fanlar instituti (IFIM)
  • Axborot tizimlari va dasturiy injenering instituti (IFIS)
  • IT xavfsizligi va xavfsizlik huquqi instituti (ISL)
  • Kompyuter fanlarini texnik qoʻllashda dasturiy taʼminot tizimlari instituti (FORWISS Passau)
  • Passau raqamli xavfsizlik instituti (PIDS)

Passau universiteti xalqaro yoʻnalishi va oʻqitish tizimi bilan Bavariya va Germaniya chegaralaridan tashqarida ham mashhur. Universitet Amerika, Yevropa, Osiyo va Avstraliyadagi 236 ga yaqin xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatib, universitetda roʻyxatdan oʻtgan talabalarga oʻqishlarining bir qismini chet elda oʻtkazish imkonini beradi. Hamkor universitetlar qatoriga Buyuk Britaniyadagi Kingʻs kolleji va Stirling universiteti, Ispaniyadagi Barselona avtonom universiteti va Madrid avtonom universiteti, Shvetsiyadagi Lund universiteti, AQShning Texas A&M universiteti va Augustana kolleji, Argentinadagi Universidad del Salvador, Chilidagi Santyago universiteti, Kanadadagi Laval universiteti, Yaponiyadagi Kyoto Sangyo universiteti, Xitoyning Zhejiang xalqaro tadqiqotlar universiteti va Pekin chet tillar universiteti, Tailanddagi Thammasat universiteti va Chiang May universiteti, Indoneziyadagi Indoneziya universiteti, shuningdek, Vetnam Milliy universiteti, Pokistondagi Lahor boshqaruv fanlari universiteti, Hindistondagi Madras texnologiya instituti va Erondagi Amirkabir texnologiya universitetilari kiradi .

Talabalik hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talabalar uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet turli xil qiziqish sohalarida bir qator talabalar guruhlarini birlashtiradi[6]. Ular orasida sakkizta siyosiy guruh, ikkita drama jamiyati, uchta universitet orkestri, ikkita xor, Xalqaro Amnistiya, YuNISEF va AIESEC kabi bir nechta NNT guruhlari, Yosh Yevropa Federalistlari, AEGEE va ELSA kabi ixtisoslashgan Yevropa talaba tashkilotlarining bir nechta boʻlimlari, xalqaro munosabatlar va madaniy almashinuvni rivojlantirish, bir nechta fanga yoʻnaltirilgan guruhlar, madaniyatshunoslik talabalari uyushmasi, munozaralar jamiyati, talabalar tomonidan boshqariladigan boshqaruv boʻyicha maslahat guruhi va uchta diniy talabalar guruhi kabi birlashmalar mavjud.

Universitet sport markazida sport turlari koʻpligiga qaramay, raqobatbardosh saviyada oʻynaydigan ikkita jamoa mavjud. Ammo shuni yodda tutish kerakki, Germaniyada boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, universitetlararo sport musobaqalarini oʻtkazish uzoq vaqtdan beri mavjud emas. 

Birodarlik Germaniyaning talabalik hayotida uzoq davom etgan anʼanaga ega, ammo bu soʻzning qoʻllanishi Qoʻshma Shtatlardagidan juda farq qiladi. Nemis talabalar birodarliklari anʼanaviy ravishda millatchilik bilan bogʻliq boʻlib, baʼzida eski ijtimoiy va diniy qarashlar bilan birlashtiriladi. Bunday jamiyatlar odatda erkaklar boʻlib, 19-asrning anʼanaviy liboslarida kiyinish, shuningdek, spirtli ichimliklar ichish va qilich bilan kurashishni oʻz ichiga oladi. [7] Baʼzi birodarliklarning irq, tarix va nemis oʻziga xosligiga boʻlgan munosabati atrofidagi tortishuvlar tufayli, birodarlik talabalar oʻrtasida bahsli masala. [8] Passauda beshta birodarlik mavjud:

Leberkäse

Passaudagi birinchi kurs talabalarini oshxonada odatiy Bavariya taomlari: Leberkäse(goʻshtli non), Bavariya simitlari (Amerikadan farq qiladigan) va pivo bilan kutib olish anʼanaga aylangan. Birinchi kurs talabalarini tabriklash nutqlarini universitet prezidenti va Passau meri boshlab berishadi.

Passau talaba hayotining yana bir anʼanaviy qismi yangi talabalarni Passau universiteti va uning atrofi bilan tanishtirishga moʻljallangan Orientatsiya haftaliklaridir. Oʻsha haftalarda talabalarga universitet, kutubxonalar, shahar, barlar va klublar boʻylab ekskursiyalar taklif etiladi.

  1. „Facts and figures“. University of Passau. Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.
  2. „Degree programmes“. Qaraldi: 2018-yil 10-yanvar.
  3. „Hochschulsport“. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  4. „Bibliotheksprofil“. 2015-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  5. „University Executive“. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  6. „Studentische Gruppen“. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  7. „German duelling clubs in race row over Asian member“. BBC News. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  8. „Germany's student duelling clubs face split over 'Aryan' ID cards“. Independent.