Ptolemy I Soter
Qiyofa
Ptolemy I Soter, Ptolemey Lag oʻgʻli, Ptolemey I Soter (Xaloskor) — Misr hokimi (miloddan avvalgi 323 yildan), podshosi (miloddan avvalgi 305—283). 323 yil diadoxlarnnt qaroriga koʻra, Aleksandr (Iskandar) saltanati 1marta parchalanganda satrap sifatida Misrni idora etish topshirilgan. 322 yil oʻzining oʻtmishdoshi — Aleksandr davridagi Misr noibi Kleomenni oʻldirgan. 321 yil podshoh regenti Perdikkaning hujumini daf qilgan. Boshqa diadoxlar singari oʻzini 305 yil boshida podsho deb eʼlon qilgan. 285 yil oʻgʻli Ptolemey II Filadelfni taxtdosh qilib olgan. P.L. Aleksan-drning barcha yurishlarida, xususan, Oʻrta Osiyoga qilgan yurishlarida, Spi-tamen qoʻzgʻolonini bostirishda faol qatnashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |