Said Husejinović
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Said Husejinović | ||
Tavallud sanasi | 13-may 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Zvornik, Yugoslaviya SFR | ||
Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sloboda Tuzla | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2006 | Sloboda Tuzla | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006-2008 | Sloboda Tuzla | 47 | (21) |
2008-2011 | Werder Bremen | 10 | (0) |
2009 | → Kaiserslautern (ijara) | 4 | (0) |
2012 | Sarajevo | 23 | (7) |
2013-2016 | Dinamo Zagreb | 24 | (3) |
2015 | → Lokomotiva (ijara) | 3 | (0) |
2016 | → Dinamo Zagreb II | 2 | (0) |
2016-2018 | Sarajevo | 14 | (2) |
2018-2019 | Sloboda Tuzla | 29 | (3) |
2019 | Tuzla City | 16 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2006-2008 | Bosniya va Gersegovina U21 | ||
2008 | Bosniya va Gersegovina | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 20-mart uchun) |
Said Husejinović (talaffuzi: Said Huseyinovich; 1988-yil 13-mayda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sloboda Tuzla“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Werder Bremen
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilning 1-iyulida „Werder“ „Sloboda Tuzla“ dan Husejinovićni 900 000 yevro evaziga sotib olganini eʼlon qildi[1]. 2009-yil 17-yanvarda Husejinović 1. FK Kaiserslauternga mavsum oxirigachaga ijaraga berildi.
Sarajevo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 26-iyulda UEFA Yevropa Ligasi doirasida Bolgariyaning Levski Sofia jamoasiga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi. Bosniyaliklar ikkala oʻyinda umumiy 3:2 hisobi bilan keyingi bosqichga yo‘l olishdi[2].
Dinamo Zagreb
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil dekabr oyining oxirida SSKA Sofia bilan shartnoma imzolashga yaqin edi, lekin Sofia oʻrniga 2013-yil yanvar oyi boshida Zagrebning Dinamo klubiga oʻtdi[3]. 2013-yilning oktyabr oyida RNK Splitga qarshi oʻyinda jarohat oldi. 2014-yilning mayigacha maydonga tusha olmadi. Jarohatdan soʻng 2015-yilda Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga ijaraga berildi[4] va 2016-yilda qisqa muddat Zagrebning „Dinamo“ jamoasida oʻynadi.
Sarajevo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zagrebda koʻp oʻynay olmaganligi uchun Husejinović klubni tark etdi va sobiq jamoasi Sarajevo bilan shartnoma imzoladi[5]. 2 yildan soʻng 2018-yilda klubni tark etdi[6].
Sloboda Tuzla
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 1-iyulida Husejinović Sloboda Tuzla bilan shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilning 15-iyunida shartnomasi muddati tugaganidan keyin Slobodani tark etdi[8].
Slobodadagi faoliyati davomida Husejinović 2018—2019-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilardan biri boʻlgan. Liganing 29 oʻyinida va barcha musobaqalarda 31 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Tuzla City
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 17-iyun kuni Husejinović Tuzla City bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9]. Tuzla City safidagi rasmiy debyutini 2019-yil 20-iyul kuni safarda „Zvijezda 09“ga qarshi (1:5) oʻtkazdi[10]. Husejinović „Tuzla City“ safidagi ilk golini liga o‘yinida, 2019-yil 15-sentabrda „NK Široki Brijeg“ga qarshi safarda (1:3) kiritdi[11].
2019-yil 11-dekabrda Tuzla City va Husejinović shartnomani o‘zaro bekor qilishga qaror qilishdi[12].
Sloboda Tuzlaga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil yanvar oyida Husejinović faoliyatida ikkinchi marta Sloboda Tuzlaga qaytishga qaror qildi[13]. 2020-yilning 12-avgustida „Mladost Doboj Kakanj“ga qarshi liga o‘yinida „Sloboda“ga qaytganidan keyin ilk golini kiritdi[14].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Husejinović Bosniya va Gersegovina U21 terma jamoasida oʻynagan.Terma jamoasi safida 2008-yilning mart oyida Makedoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Jami 2 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo birorta ham gol urmagan. Terma jamoadagi 2-oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariya milliy futbol terma jamoasiga qarshi boʻlgan[15].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 20-mart, 2021-yil holatiga koʻra[16]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Superkubok | Yevropa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Werder Bremen | 2008—2009 | Bundesliga | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | |
2009—2010 | Bundesliga | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
2010—2011 | Bundesliga | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
Jami | 10 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 10 | 0 | |||
Kaiserslautern (ijara) | 2008—2009 | 2. Bundesliga | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 4 | 0 | ||
Sarajevo | 2011—2012 | Bosniya Premyer-ligasi | 8 | 4 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 8 | 4 | |
2012—2013 | Bosniya Premyer-ligasi | 15 | 3 | 3 | 0 | — | 6 | 2 | 24 | 5 | ||
Jami | 23 | 7 | 3 | 0 | — | 6 | 2 | 32 | 9 | |||
Dinamo Zagreb | 2012—2013 | 1. HNL | 10 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 2 |
2013—2014 | 1. HNL | 12 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 22 | 1 | |
2014—2015 | 1. HNL | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
2015—2016 | 1. HNL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |
Jami | 24 | 3 | 2 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 34 | 3 | ||
NK Lokomotiva (ijara) | 2015—2016 | 1. HNL | 3 | 0 | 1 | 1 | — | 0 | 0 | 4 | 1 | |
Dinamo Zagreb II | 2015—2016 | 2. HNL | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
Sarajevo | 2016—2017 | Bosniya Premyer-ligasi | 9 | 1 | 6 | 2 | — | — | 15 | 3 | ||
2017—2018 | Bosniya Premyer-ligasi | 5 | 1 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 5 | 1 | ||
Jami | 14 | 2 | 6 | 2 | — | 0 | 0 | 20 | 4 | |||
Sloboda Tuzla | 2018—2019 | Bosniya Premyer-ligasi | 29 | 3 | 2 | 0 | — | — | 31 | 3 | ||
Tuzla City | 2019—2020 | Bosniya Premyer-ligasi | 16 | 1 | 0 | 0 | — | — | 16 | 1 | ||
Sloboda Tuzla | 2019—2020 | Bosniya Premyer-ligasi | 3 | 0 | — | — | — | 3 | 0 | |||
2020—2021 | Bosniya Premyer-ligasi | 21 | 4 | 0 | 0 | — | — | 21 | 4 | |||
Jami | 24 | 4 | 0 | 0 | — | — | 24 | 4 | ||||
Jami faoliyati | 149 | 20 | 14 | 3 | 1 | 0 | 13 | 2 | 177 | 25 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 15-dekabr, 2007-yil holatiga koʻra[16]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Bosniya va Gersegovina | 2007-yil | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Werder Bremen
- DFB-Pokal: 2008—2009
Dinamo Zagreb
- 1. HNL: 2012—2013, 2013—2014, 2014—2015, 2015—2016
- Xorvatiya kubogi: 2014—2015, 2015—2016
- Xorvatiya Superkubogi: 2013-yil
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lokalfenster. „Said Huseinovic wechselt zu Werder“ (German) (2008-yil 1-iyul). 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-iyul.
- ↑ „Said Husejinović match log“. soccerway.com (2012-yil dekabr). Qaraldi: 2012-yil 28-dekabr.
- ↑ „ЦСКА ще съди Хюсеинович, действал непрофесионално“ (Bulgarian). topsport.bg (2013-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ Said Husejinović će do zime „brusiti“ formu u Lokomotivi at klix.ba, 24 August 2015
- ↑ Veliko pojačanje na Koševu: Said Husejinović se vratio u FK Sarajevo at klix.ba, 17 June 2016
- ↑ Zvanično: Husejinović, Novaković i Altiparmakovski napuštaju FK Sarajevo at klix.ba, 8 June 2018
- ↑ Said Husejnović dogovorio sve uslove sa Slobodom, potpis ugovora 1. jula at klix.ba, 25 June 2018
- ↑ A. Pašić. „Husejinović napustio Slobodu“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 15-iyun). Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
- ↑ D.B. „Said Husejinović novi igrač Tuzla Cityja“ (Bosnian). Klix.ba (2019-yil 17-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ M. Šljivak. „FK Tuzla City pregazio FK Zvijezda 09“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 20-iyul.
- ↑ R. Pašić. „Veliki preokret FK Tuzla City na Pecari za prvo mjesto na tabeli!“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
- ↑ M. Šljivak. „Said Husejinović i FK Tuzla City dogovorili sporazumni raskid saradnje!“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 11-dekabr.
- ↑ A. Čaušević. „Said Husejinović blizu povratka u staro jato“ (Bosnian). sportsport.ba (2020-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
- ↑ E. Čaušević. „Husejinović doveo Slobodu u prednost u samom finišu prvog dijela“ (Bosnian). sportsport.ba (2020-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
- ↑ „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
- ↑ 16,0 16,1 „S. Husejinović: Summary“ (en). Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.