Kontent qismiga oʻtish

Salohiddin Asamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salohiddin Asamov
Tavalludi
Salohiddin Asamov

1930-yil
Vafoti 1997
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari [1] (1972) (1973)

Salohiddin Asamov (1930-yil Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tavallud topgan — 1997-yil vafot etgan ) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1956-yildan KPSS (b) aʼzosi. „Nishon“ davlat naslchilik zavodi direktori, Toshkent viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi 1-kotibi, Gʻuzor hududiy ishlab chiqarish kollektivi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yilda Oʻzbekiston hozirgi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek.

Mehnat faoliyatini 1955-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda boshlagan. 1955—1988-yillarda sovxoz chorvachilik boʻyicha bosh mutaxassis, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani „Nishon“ davlat naslchilik zavodi direktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi 1-kotibi, Gʻuzor hududiy ishlab chiqarish kollektivi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Keyinchalik fermer xoʻjaligi va sovxoz boʻlimi raisi, Samarqand QVP ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi 1-kotibi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari, Toshkent viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini targʻib qilish va joriy etish boshqarmasi boshligʻi, Qorakoʻlchilik Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi boʻlib ishlgan. SSSR Oliy Kengashining VII-chaqiriq deputati etib saylangan[2]. Salohiddin Asamov bir necha yillik samarali faoliyati uchun 1971-yil Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi[3].

Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1971-yil)[3];

Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1972-yil);

Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1973-yil).

  1. ГА РФ Р7523 105 152 «Указы Президиума Верховного Совета СССР, принятые с 26 по 27 августа 1971 года, и материалы к ним /к протоколу № 14/ с № 2075-VIII по № 2078-VIII. Том 7»
  2. „Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898 - 1991“.
  3. 3,0 3,1 ГА РФ Р7523 105 152 «Указы Президиума Верховного Совета СССР, принятые с 26 по 27 августа 1971 года, и материалы к ним /к протоколу № 14/ с № 2075-VIII по № 2078-VIII. Том 7»