Kontent qismiga oʻtish

Shokir Mo‘minov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shokir Mo'minov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-fevral 1983-yil (1983-02-17) (41 yosh)
Denov tumani, Surxondaryo viloyati
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Chedju 2003 73kg gacha
Bronza Kuvayt 2007 73kg gacha
Bronza Taybey 2009 81kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Doʻha 2006 73kg gacha

Shokir Mo'minov (1983-yil 17-fevral, Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 73 kg va 81 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi. 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati sovrindori.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shokir Moʻminov 2003-yili Chedjuda (Janubiy Koreya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi. U 2006-yilda Dohadagi (Qatar) Yozgi Osiyo oʻyinlarida 73 kg gacha vazn toifasida yarim finalda koreyalik dzyudochi Li Von Xiga yutqazib qoʻyib, ammo bronza medali uchun bahsda qozogʻistonlik Aydar Kabimollayevni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan[1]. 2007-yilda Quvaytdagi dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida qit’amizning ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Moʻminov 2008-yilda Pekindagi (Xitoy) Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasida chexiyalik dzyudochi Yaromira Jezek ustidan birinchi bosqichda gʻalaba qozondi, ammo keyingi bosqichda jahon chempioni Van Ki Chunga imkoniyatni boy berdi. Soʻng tasalli raundda qozogʻistonlik Rinat Ibragimovni yenggan boʻlsa, keyin braziliyalik Leandr Gilyerga imkoniyatni boy berdi[2].

U 2009-yilda Tayvan poytaxti Taypeda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 81 kg gacha boʻlgan vazn toifasida qit’amizning bronza medalini olishga muvaffaq boʻladi. Moʻminov 2010-yilda Guanjoudagi (Xitoy) Yozgi Osiyo oʻyinlarida 81 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda koreyalik Kim Je Bomga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. Ammo bellashuvdan soʻng Shokirning doping-testi metilgeksanamin tufayli ijobiy chiqdi, shunda barcha natijalar bekor qilinib, kumush medaldan mahrum qilinadi[3][4].

2010-yilda Tunisda dzyudo boʻyicha Gran-pri bosqichida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritadi[5] va shu yili u sportdagi faoliyatini nihoyasiga yetkazadi.