Sirdaryo tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Sirdaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sirdaryo (shahar) |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil raqami kodi | 20 |
Xaritada | |
40°51′0.0″N 68°39′50.4″E / 40.850000°N 68.664000°E |
Sirdaryo tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan. Shim.sharkdan Toshkent viloyati, jan.sharkdan Sayxunobod, janubidan Guliston tumanlari, gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,55 ming km². Aholisi 110,5 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Sirdaryo, Baxt), 4 shahrcha (Ziyokor (Sirdaryo tumani), Quyosh (Sirdaryo tumani), Malik (Sirdaryo tumani), J. Mamanov), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Paxtazor, Sirdaryo, Turon, Usmon Yusupov, Xalqobod, Choltoʻqay, Sholikor, Haqiqat) bor. Markazi — Sirdaryo shahri.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yer yuzasi past-baland tekisliklardan iborat (oʻrtacha bal. 240 m), shim.sharq tomonga bir oz qiya. Yer osti suvlari yuza, shoʻr. Tuman hududining shim. shim.sharqtomonidan Sirdaryo, gʻarb tomonidan Doʻstlik kanalining oʻng tarmoqlari oʻtadi. Oqova shoʻr suvlar chiqarib yuboriladigan kanal, ariq-zovur bor. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°-29°, eng yuqori temperatura 42°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −4°, eng past temperatura −33°. Vegetatsiya davri 195-200 kun. Yillik yogʻin 260-280 mm. Tuproqlari boʻz, allyuvial, oʻtloqi botqrq va shoʻrxok tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, qiyoq, qorajusan, oqbosh, qamish, har xil butalar, tol, jiyda terak va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, chiyaboʻri, tulki, boʻrsiq, quyon, ondatra, kalamush, kaltakesak, ilon; parrandalardan oʻrdak, tustovuq, kalxat, chugʻurchiq; suv havzalarida har xil baliqlar bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, qozoq, rus, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 201 kishi. Qishloq aholisi 75,7 ming kishi, shahar aholisi 34,8 ming kishidan ziyod (2003).
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sirdaryo tumanida 160 kichik va xususiy korxona, 3 qoʻshma korxona bor. Sanoat korxonalaridan Toshkent mashinasozlik zavodining filiali, qurilish tashkilotlari, 5 avtokorxona, ReFDepo maktab va sport jihozlari, sut, guruch, 2 paxta tozalash va non zavodlari, Yangiyoʻl poyabzal fabrikasining filiali, bosmaxona, qandolatchilik, kvas va limonad i.ch. korxonalari, Sirdaryo sh. bozori faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik, 12 shirkat, 793 fermer xoʻjaligi bor. Tumandagi sugʻoriladigan yer maydoni 27502 ga, shu jumladan, 14760 ga yerga paxta, 8666 ga yerga don, 890 ga yerga beda, 68 ga yerga sabzavot va poliz, 1241 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1051 ga yer mevazor va tokzor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 24990 qoramol (shu jumladan, 10152 sigir), 10610 qoʻy va echki, 4,4 ming parranda, 834 ot boqiladi.
Sirdaryo tumanida 32 kutubxona (296 ming kitob), 16 klub va madaniyat uyi ishlab turibdi. 45 umumiy taʼlim maktabi [(shu jumladan, 1 boshlangʻich, 6 toʻliqsiz tayanch, 38 oʻrta umumiy taʼlim (shundan 1 ixtisoslashgan oʻrta maktab)] boʻlib, ularda 24456 oʻquvchiga 1813 oʻqituvchi taʼlimtarbiya bermoqda. Kasb-hunar litseyi, 2 kasb-hunar kolleji, Sirdaryo pedagogika kolleji, 2 kasb-hunar maktabi, musiqa va sanʼat, 3 sport maktabi mavjud. Markaziy stadion, bir qancha sport maydonlari va sport inshootlari bor. Tumanda markaziy kasalxona, tugʻruqxona, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, feldsherakusherlik punktlar, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 201 vrach, 1005 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston temperaturakti oʻtadi. 2004-yildan Toshkent — Samarqand yoʻnalishida katnay boshlagan elektr poyezdi, Guliston — Toshkent elektr poyezdi, Sirdaryo st-yasi orqali Toshkent — Andijon — Namangan, Toshkent — Jizzax, Moskva — Dushanba poyezdlari oʻtadi.[1] 1963-yildan „Sirdaryo“ tuman gaz. chiqadi (adadi 2635).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |