Vadim Radun
Vadim Radun | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 1-iyul 1940 |
Tugʻilgan joyi | Stalingrad, RSFSR, SSSR |
Vafot sanasi | 11-may 2014 |
Vafot joyi | Pskov, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | Rejissyor, teatr xodimi |
Faoliyat yillari | 1966–2014 |
Teatr | Novokuznetsk drama teatri, A. S. Pushkin nomidagi Pskov drama teatri |
Mukofotlari | |
Vadim Iosifovich Radun (1940-yil 1-iyul, Stalingrad, SSSR – 2014-yil 11-may, Pskov, Rossiya) – sovet va rus teatri rejissyori va oʻqituvchisi. Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (1997).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professor va teatr arbobi Vadim Radun 1940-yil 1-iyul kuni Stalingradda tavallud topgan. 1942-yilda oila Ulyanovskka koʻchib oʻtdi, u yerda otasi Ulyanovsk teatrida oʻz faoliyatini olib borgan. 1945-yilda oila Toshkentga koʻchib kelgan. Uning otasi Toshkent teatr va rassomchilik instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at instituti ) asoschilaridan biri bo‘lib, Toshkent yoshlar teatrining rus bo‘limiga rahbarlik qilgan. Vadim Radun Politexnika kollejini Santexnika mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan, lekin otasi bunga qatʼiyan qarshi boʻlsa ham, u doimo rejissyorlikka qiziqqan. 1966-yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. Chelyabinsk va Voronejdagi teatrlarda faoliyat yuritgan. 1972–1973-yillarda Novokuznetsk drama teatrining, 1973—1975-yillarda esa Krasnoyarsk teatrining bosh rejissyori boʻlgan. U 1975-yilda A. S. Pushkin nomidagi Pskov akademik drama teatriga koʻchib oʻtdi, u yerda oʻn yil davomida rejissyor, 1985–2005-yillarda esa bosh rejissyor boʻlib faoliyat olib bordi. 2005-yildan esa teatr direktori lavozimida faoliyat yuritdi. Teatrda faoliyati davomida 150 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan, shundan 105 tasi Pskov drama teatrida qo'yilgan. Pskov viloyat sanʼat kollejida dars bergan. N. A. Rimskiy-Korsakov drama teatri va kino aktyori diplomini olgan. Vadim Radun 2014-yil 11-mayda yurak xurujidan toʻsatdan vafot etdi[1] „Orletsi-3“ nomli qabristonga dafn qilindi[2].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Otasi – Iosif Veniaminovich Radun (1911–1988), rejissyor va teatr oʻqituvchisi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, professor.
- Akasi – Gennadiy Iosifovich Radun.
- Uning rafiqasi aktrisa Galina Shukshanova.
- Farzandlari – Igor va Rudolf.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shon-sharaf“ ordeni (2001-yil 23-dekabr) – madaniyat va sanʼat sohasidagi koʻp yillik samarali faoliyati, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun[3].
- Pushkin medali (2011-yil 28-aprel ) – milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari, koʻp yillik samarali faoliyati uchun[4].
- Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (1997-yil 19-noyabr ) – sanʼat sohasidagi ulkan xizmatlari uchun[5].
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1990-yil 1-mart ) – Sovet sanʼati sohasidagi xizmatlari uchun[6].
- Pskov viloyati maʼmuriyati mukofoti laureati (1996, 1998, 2000).
- Rus adabiyoti akademiyasining „Maʼrifat gʻayratiga" medali (1999).
- SSSR Madaniyat vazirligining „Aʼlo mehnati uchun“ koʻkrak nishoni.
Teatrdagi ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ignatiy Dvoretskiyning „Tashqaridan kelgan odam“
- Mixail Roshchinning „Valentin va Valentina“ nomli asarlariga rejissyorlik qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Умер Вадим Радун. // Псковская лента новостей. 12.05.2014“. 2014-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
- ↑ „Тело режиссёра Вадима Радуна предано земле. // Псковская лента новостей. 14.05.2014“. 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-may.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 23 декабря 2001 года № 1473 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2019-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 28 апреля 2011 года № 541 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2019-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 19 ноября 1997 года № 1240 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.
- ↑ „Указ Президиума Верховного Совета РСФСР от 1 марта 1990 года «О присвоении почётных званий РСФСР творческим работникам»“. 2019-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyul.