Vobkent
Vobkent | |
---|---|
shahar | |
40°02′0″N 64°31′0″E / 40.03333°N 64.51667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Buxoro viloyati |
tuman | Vobkent tumani |
Aholisi | 16 142 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Vobkent — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi shahar (1981 yildan). Vobkent tumanining maʼmuriy markazi. Vobkent — koʻhna shaharlardan biri.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vobkent — (oʻgʻuz shevasidagi „vob“ yoki „vahobkent“ — „boʻz, qoʻriqdagi qishloq“ maʼnosida). Oʻrta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. Vobkentning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]10-asrda yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlogʻi Muqanna qoʻzgʻoloni markazlaridan biri boʻlgan.[1]
Vobkent 14-asr hujjatlarida oʻz qozisiga ega boʻlgan qasaba, yaʼni shahar sifatida Vobkana nomi bilan tilga olinadi. 16-asrdan boshlab Vobkent ikki nom — Vobkana va Komot deb yuritila boshlagan. 17-asrning tarixchi olimi Mahmud ibn Valining („Bahr ul-asror“; 1634—41) kitobida Vobkent tumani nomi Komot shaklida keltiriladi. Vobkent haqida Mirzo Badening „Majmaʼ al-arqom“ („Raqamlar majmui“; 18-asr) kitobida ham maʼlumotlar uchraydi. 19-asr 2-yarmiga oid vaqf hujjatlarida keltirilishicha, Komot tumani (hoz. Vobkent tumani)dagi Narchoq (Narshax) qishlogʻida hunarmandlar koʻp boʻlgan. Vobkentda qadimda Madrasa, hammom, bozor masjidi, Koʻhna Vobkand, Vobkand Qoʻrgʻoni kabi tarixiy obidalar boʻlib, hozirda saqlanmagan.[1]
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vobkent Buxoroni Samarqand va Toshkent bilan bogʻlovchi avtomobil magistral yoʻli yoqasida joylashgan. Vobkentning oʻrtasidan Zarafshon daryosining irmogʻi Vobkent daryosi kesib oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stapsiyasi — Buxorodan 28 km. Aholisi qariyb 16 ming kishi (2001), asosan oʻzbeklar; shuningdek rus, tojik, tatar, ozarbayjon va b. ham yashaydi. Tuman tashkilotlari, paxta lunkti, hunarmandchilik va badiiy buyuml ar sexi faoliyat koʻrsatadi. Meʼmoriy yodgorliklardan Vobkent minorasi bor[1].
Infrastrukturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vobkentda 1993 yil 120 oʻrinli viloyat sogʻlomlashtirish markazi ishga tushirildi. Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji (600 oʻrinli), umumiy taʼlim maktablari, stadion, dorixona, davolash muassasalari, maishiy xizmat va jamoat ovqatlanish punktlari, novvoyxona, sanoat mollari va bolalar dunyosi magazini, bozor, kutubxona, madaniyat uyi, mehmonxona, yozgi va kishki kinoteatrlar, aloqa boʻlimi, maishiy xizmat punktlari mavjud[1].