Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjai korsoz masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xoʻjai korsoz masjidi
Xoʻjai korsoz
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Oʻrta Chirchiq
Manzil Qumovul mahalla fuqarolar yig'ini, F.U. Oxunboboyev ko'chasi[1]
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Boboyev Abduvahob[2]
Umumiy maydoni 0.80 gektar
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiali gʻisht, beton
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Xoʻjai korsoz masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan[1][3]. Mazkur masjid musulmon aholi uchun kunlik besh vaqt namoz ibodatlarini bajarish uchun foydalanishga topshirilgan. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib turadi[2].

Masjid binolari

Xoʻjai korsoz jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumani, Qumovul mahalla fuqarolar yigʻini, F. U. Oxunboboyev koʻchasida joylashgan[4]. Mazkur masjid Toshkent shahriga yaqin boʻlgan hududda joylashganligi sababli Juma namozi, hamda, Hayit namoz vaqtlarida namozxonlar bilan toʻlib ketadi. Masjidning yon tomonida shu nom bilan nomlanadigan qabriston Joylashgan. Jomeʼ-masjidga Qumovul mahalla fuqarolar yigʻini, F. U. Oxunboboyev, Gulzor, Yangi Turmush, Saidovul, Birlashgan koʻchasining turli tor koʻcha va mahallalarida yashovchi aholi namozni ado qilish uchun kelishadi. Jomeʼ-masjidning bosh imomi Boboyev Abduvahob boʻlib, masjidga tashrif buyurgan aholi bilan birga, boshqa hududdan tashrif buyurgan ziyoratchilarni doimiy ravishda muloqotda boʻladi[1].

Masjidning ichki koʻrinishi
Masjid imom-xatib minbari
Masjid ichki hovlisi

Xoʻjai korsoz jomeʼ-masjidining asl nomi XI-asrda yashab oʻtgan „Xoʻjai Korsoz“ nomi bilan mashhur boʻlgan zot sharafiga qoʻyilgan boʻlib[5], 1960-yilda mahalliy aholi va homiylar bilan birga xashar yoʻli orqali barpo etilgan. Masjid 2017-yil 6-iyul kuni oʻsha vaqtdagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ushbu maskanga tashrif buyurib masjidning yangi binosini barpo etishda qatnashayotgan aholi bilan suhbat oʻtkazib, birinchi tamal toshini qoʻyib berdi[6][7]. Mazkur masjid 1998-yil, 13-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „ХЎЖА КОРСОЗ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  3. „"ХУЖАИ КОРСОЗ" ЖАМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  4. „Узбекистан"ХУЖАИ КОРСОЗ" ЖАМЕЪ МАСЖИДИ“. allcompanies.by. allcompanies.by. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  5. Bahriniso Sultonali qizi. Qadriyatlar shodasidagi dur, 2019, Toshkent: Sharq — 33-34-bet. 
  6. „Ўрта Чирчиқ туманидаги Хўжаи Корсоз” жоме масжиди биноси қайта қурилади“. qadriyat.uz. qadriyat.uz. 2023-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  7. „Ўрта Чирчиқ тумани “Хўжаи Корсоз” жоме масжидига қайта қуриш учун тамал тоши қўйиш“. fitrat.uz. fitrat.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.