Yelena Romanovskaya
Qiyofa
Yelena Yevgenyevna Romanovskaya (1890.24.5. hozirgi Leningrad viloyati Pushkin shahri — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1917-yildan Oʻzbekistonda yashagan. Leningrad konservatoriyasini tugatgach (1929), Toshkent musiqa bilim yurtida (1929—36), Toshkent konservatoriyasida (1936-yildan) pedagog, "Oʻzbek musiqasi" kursini yaratgan. Oʻzbek ayollar qoʻshiqlari, Xorazm maqomlari, dutor kuylarini notaga yozib olib, nashr ettirgan ("Xorazm klassik musiqasi", T., 1939; "Oʻzbek laparlari" T., 1941; "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1948 va boshqalar). Bular orasida 2 jildli "Oʻzbek xalq qoʻshiqlari" (T., 1939, I. Akbarov bilan hamkorlikda) toʻplamining ahamiyati katta.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Romanovskaya Ye. Ye., Stati i dokladi. Zapisi muzikalnogo folklora, T., 1957.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |