Kontent qismiga oʻtish

Ziravor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziravor — taomlarga lazzat kiritadigan va xushboʻylik beradigan, taomni mineral tuzlar bilan boyituvchi oʻsimlik yoki kimyoviy (organik va mineral) qoʻshimchalar. Koʻpgina ziravorlar ovqatga qoʻshimcha lazzat berish bilan birga taomning toʻyimliligini ham oshiradi. Oʻzbek pazandachiligida koʻp ishlatiladigan Z.larga qalampirmunchoq, zanjabil, kardamon, dafna yaprogʻi, murch, qalampir, zira, zaʼfaron, zarchava, sedana, kashnich doni, vanil, tuz, sirka, gorchitsa (xantal), anor suvi, limon kislotasi va har xil souslar kiradi. Shuningdek, sut, smetana, yogʻ, tuxum, zaytun mevasi va sabzi, petrushka, selderey, pasternakning ildizlari, xushboʻy oʻtlar va koʻkatlar, piyoz, xren (yerqalampir), sarimsoq kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham 3. boʻlib xizmat qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil