Kontent qismiga oʻtish

kichkina

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

kich-ki-na

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

KICHKINA ' hajmi, oʻlchami meʼyorga nisbatan oz'. Uy k i ch k i n a, lekin yorugʻ va toza edi (Oybek). Bu soʻz oʻzbek tilida kichik sifatiga 'ijobiy munosabat' maʼnosini ifodalovchi -kinä (< -ginä) qoʻpshmchasini qoʻshib hosil qilingan, keyinchalik ikkinchi boʻgʻindagi ik tovushlari talaffuz qilinmay qoʻygan: kichik + kinä = kichikkinä > kichkinä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

ayn. kichik. ◆ Kichkina demang bizni, Koʻtarib uramiz sizni. n ◆ Kichkina moʻylovi ogʻiz chetlaridan xiyolgina tushib turgan yigit koʻrib.. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ ..Hasanali uchun ham bu voqea kichkina gap, ozgina qaygʻu emas edi. A. Qodiriy, „Oʻtkan kunlar“ . ◆ Ha, bir kichkina toʻy qilmoqchi edik. Guldasta . ◆ -Uka, — dedi kuyunib, — men kichkina odammasman. Sizga alohida kvartira olib berishga qurbim yetadi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

КИЧКИНА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

kichkina

kichkina
довольно малый, маленький, маловатый, крохотный, небольшой; ◆ ~ bolalar малые дети; ◆ ~ shahar маленький город, ◆ ~gina hujra малюсенькая комнатушка; ◆ ~ demang bizni, koʻtarib uramiz sizni погов. (букв. вы не думайте, что мы маленькие, мы можем вас опрокинуть) соотв. маленький да удаленький; мал да удал;
2 Кичкина (имя собств. мужское); ◆ 

  • kattani kesib, ~ qilgan см. katta.