Kontent qismiga oʻtish

ming

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ming

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

MIŊ 'oʻnta yuzlikka teng miqdor'. Birniki m i ngga, mingniki tumanga (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni bildirgan bu soʻz dastlab biŋ (ПДП, 371; DS, 101), bïŋ (ДС, 105) tarzida, keyinroq b undoshi m undoshiga almashib, miŋ (ПДП, 400; DS, 344), mïŋ (Devon, III, 372), hatgo ming (ДС, 344) tarzida talaffuz qilingan, hozirgi oʻzbek tiliga miŋ shaklida yetib kelgan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

snq. son 1 1000 raqami va shu ra-qam bilan ifodalangan son, miqdor. ◆ Ming-ni mingga qoʻshmoq. Ming soʻm pul. Ming kishi.

2 Koʻp, koʻpdan-koʻp, juda. ◆ Mingdan-ming rozi boʻlmoq. Ming yashamoq. yash Fotima ama-kisining avzoyini koʻrib, kelganiga ming pu-shaymon qildi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

3 Har qancha. ◆ Sen ming chiroyli boʻlma yetimsan. P. Tursun, Oʻqituvchi. ◆ Mingdoddeng-lar, ming faryod denglar, behuda! Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Sizning oʻrningizda boʻlak odam boʻlganda, ming yomon koʻrsa ham.. bir bo-rib, oʻsha bechorani yupatib kelar edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

Ming qilsa (ham) Nima boʻlganda ham, har nima boʻlsa-da. ◆ Qanday boʻlar edi. Farzand-da, ming qilsa. Hamza, „Tanlangan asarlar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

МИНГ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Raqam

[tahrirlash]

ming

Tillar

[tahrirlash]