sokin
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]so-kin
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][a. — tinch, yuvosh, xotir-
jam; qoʻzgʻalmas, harakatsiz; bir joyda is-tiqomat qiluvchi] 1 sft. Sukunatga choʻmgan, jimjit. Oydin ok,shomlarda qishloqning so-kin koʻchalarida Mansur bilan jimgina ke-zishlarning ham.. ajib bir gashti bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. ◆ Kafe sokin va tinch, odam siyrak, atrof katta daraxt-lar bilan oʻralgan. F. Musajonov, „Himmat“ . ◆ Qizhamon qoʻngʻiroqdek kular, sokin bogʻuning shodon qahqahasi bilan toʻlgan edi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
35—Oʻzbek tilining izohli lugʻati
2 sft. Harakatsiz, tinch. ◆ Dengiz sokin. Mening koʻnglim Boʻron tilab turibdi.. X. Davron, „Qaqnus“ . ◆ Kuzak shamollari esdilar yana, Sokin yuragimda tuygʻular qoʻzgʻab. A. Oripov, „Hayrat“ . ◆ Oppoq bulut izgʻir sarosar, Oppoq bulut sokin osmonda. R. Parfi, „Koʻelar“ .
3 sft. Past, bosiq (ovoz haqida). ◆ Yodgor gʻuvillab ketayotgan boshini bazoʻr koʻtarib qaradi: Mahmuda Aliyevna hamon oʻsha sokin ovozda gapirar edi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Nim shabadada.. azim chinorning sirli bagʻridan chiqib kelgan sokin va qud-ratli shovullash olamni tutdi. A. Muxtor, „Asarlar“ .
4 rvsh. Asta-sekin, bir maromda. ◆ Tiniq moviy osmonda parcha-parcha oq, pushtirang bulutlar sokin suzadi. N. Aminov, „Yolgʻonchi farishtalar“ . ◆ Nomiga yarasha qoramtir suv sokin, viqorli oqadi, tollarning yoʻgʻon qiz-gʻish ildizlarini yuvadi. H. Gʻulom, „Binafsha atri“ .
5 rvsh. Xotirjam, osoyishta. ◆ Saroy vaziri podsho huzurida oʻzini sokin va betakalluf tutgan hakimni birinchi marotaba koʻrishi edi. M. Osim, „Ibn Sino qissasi“ . ◆ Temirjon-ning boqishlari sokin, qomati ham xuddi ta-biatiga mos tushganday nozikkina. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]СОКИН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
sokin
1 тихий, безмолвный; спокойный; // тихо, безмолвно; спокойно; Sokin, gʻarib qish oqshomi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Тихий, унылый зимний вечер; ◆ sokin qishloq koʻchasi спокойная сельская улочка;
2 неподвижный; // неподвижно; ◆ sokin turgan qayin daraxtlar неподвижно стоящие берёзы.