Kontent qismiga oʻtish

toʻgarak

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

toʻ-ga-rak

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TOʻGARAK 'dumaloq', 'doira shaklidagi'. U yerga t oʻ g a r a k zalni kesib oʻtib, zinadan chiqib borish kerak (Asqad Muxtor). Qadimgi turkiy tilda 'dumaloq' maʼnosini tegirmä, tegirmi soʻzlari anglatgan (ДС, 548). Oʻzbek tilidagi tögäräk soʻzi shu soʻzlarning asosi boʻlgan tegir— feʼlidan (ДС, 548) eski oʻzbek tilida —(ä)k qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ye unlisi ö unlisiga, ikkinchi boʻgʻindagi i unlisi ä unlisiga almashgan, soʻngra ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: tegir— + äk = tegiräk > tögäräk > togäräk.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Aylana, doira shaklidagi, doiraviy. ◆ Toʻgarak stol. Toʻgarak oyna. ◆ Umida dokladchilardan biri boʻlgani uchun prezidiumda oʻtirardi. U yerga toʻgarak zalni kesib oʻtib, zinadan chiqib borish kerak. A. Muxtor, „Chinor“ ◆ Shiyponning ustunlari sakkiz qirrali boʻlib, ostki qismi handalak shaklida toʻgarak qilib tarashlangan edi. S. Ayniy, „Esdaliklar“
  1. ot Kishilarning birgalikda ishlash, mashgʻulotlar oʻtkazish, mashqqilish, bilim-hunar olish va sh.k. umumiy maqsadlar bilan tuzilgan guruhi va shunday birlash-maning, uyushmaning oʻzi. ◆ Musiqa toʻgaragi. Yosh tabiatshunoslar toʻgaragi. Toʻgarak tuzmoq. Toʻgarakka qatnashmoq. shsh Ibrohimov oʻzining har payshanba boʻladigan agronomiya toʻgaragini shu yerga koʻchirdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Joʻraxon rahbarligida havaskorlik toʻgaraklari, sport ishlari jonlandi. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТЎГАРАК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

toʻgarak

toʻgarak
1 круг; // круглый, округлённый; ◆ toʻgarak stol круглый стол; ◆ toʻgarak oyna круглое зеркало; ◆ toʻgarak chizmoq чертить круг;
2 кружок; // кружковый; ◆ dramatik toʻgarak драматический кружок; adabiyot toʻgaragi литературный кружок; ◆ toʻgarak mashgʻulotlari кружковые занятия.