Kontent qismiga oʻtish

tus

Vikilug‘atdan olingan

Qoraqalpoqcha (kar)

[tahrirlash]

Pak qiz Andoza:kaa-interj

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tus

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Narsalarga xos boʻlgan rang, rang koʻrinishi. ◆ Tusi oʻzgarmoq. Tusioqarmoq. Tu-sini yoʻqotmoq. n ◆ Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bogʻchasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-lojuvard va boshqa tus kapalaklar-ning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir koʻrinishga kiradi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida tovlanadi. N. Aminov, „Suvarak“ . ◆ Mardon Yoʻlchiyevich novcha, yuzi choʻzinchoq, tusi ham Temirjonning chehrasi-day tiniq ekan. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ . ◆ Odatda dengiz suvi koʻkimtir rangli, boʻla-di. Primoryeda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi. Gazetadan .

2 Tashqi koʻrinish; qiyofa. ◆ Zamonlar oʻz-garadi, joyning ham tusi oʻzgaradi. Y. Sham-sharov, „Toshqin“ . ◆ Bolalarning qiy-chuvi, xo-tinlarning baqirib-chaqirishlari bu jim-jit toʻqayzorga mahalla tusini berib qoʻydi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yoʻq, salqin, suv sepilgan, hovlining tusi oʻzgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi ochilganday edi. S. Nu-rov, „Narvoy“ . ◆ Homid magʻrur tus bilan Ota-bekka qaradi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Qu-vonch, qoʻshiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi koʻrkam, Bayram tusida oʻl-kam. R. Bobojon .

Tus bermoq Qandaydir tus paydo qil-moq, qandaydir tusga olmoq, tusda ifoda-lamoq, tus kiritmoq. ◆ Yuziga tushunib boʻl-maydigan allaqanday tu s berib, bir xoʻrsi-nib qoʻydi-da, unga dedi.. K. Yashin, „Hamza“ . - ◆ Nahotki oʻz jangchilarimizni unutsak, — deya gapga tus berdi Muharram. Shuhrat, „Shinelli yillar“ . ◆ Har anorlarki donasi choynakday, uzumini koʻtarolmay bukilib qolgan ishkomlar, yombi oltindek sap-sariq behilar bu boqqa chinakam jannat tusini berar edi. S. Ahmad, „Hukm“ . Tus olmoq Qan-daydir tus-qiyofa kasb etmoq; tusga kir-moq. ◆ Uning rangi oqarib, vajohati qoʻrqinch-li tus oldi. M. Hazratqulov, „Jurʼat“ . ◆ Pay-kallar etagini yuvib oqayotgan Qashqa suvi qizgʻish-sariq tus olib.. tol, jiydalar ostigacha toshgan. S. Nurov, „Narvoy“ . ◆ Asta-sekin munosabatlarimiz boshqacha tus ola boshladi. E. Aʼzamov, „Javob“ . Tusga kirmoq Qandaydir tus, qiyofa kasb etmoq, tus-qiyo-faga aylanmoq. ◆ Ariq va anhorlardagi suvlar shaffofligini yoʻqotib, mallarang tusga kirdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . ◆ Murzin uning nazarida lahza sari yuksalib, ajoyib qahramon tusiga kirib bormoqda edi. Shuh-rat, „Shinelli yillar“ . ◆ Nafis kiyimlar bilan yosh kelin tusiga kirgan Xoljon.. de-razadan oʻtgan-ketganlarni tomosha qilib oʻtirdi. Gʻayratiy, „Dovdirash“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

tus I
1
цвет; оттенок; ◆ gʻoʻza guli kechga borib pushti tusga kiradi цветок хлопчатника к вечеру принимает розовый оттенок; ◆ Rangi xamir tusiga kirdi, koʻz atroflari qizardi. (А. Ќаћћор, «Сароб») Лицо его приняло цвет теста (т. е. побледнело), а глаза покраснели...; ◆ tusi oʻchdi 1) побледнел; ◆ nega buncha tusing oʻchib ketibdi? почему ты так побледнел?; 2) выцвел, слинял;
2 масть; ◆ ot tusi масть лошади;
3 вид, лицо; ◆ tusi oʻzgardi он изменился в лице; ◆ ...Davlatbaxt shaq-shaq titrar, tusida tus qolmagan edi (Ойбек, «Навоий») ... Давлатбахт сильно дрожала, на ней лица не было;
4 вид, образ, характер; ◆ qishlogʻimiz shahar tusiga kirdi наш кишлак принял вид города; ◆ jiddiy tus bilan с серьёзным видом; ◆ masala jiddiy tus oldi вопрос принял серьёзный характер; ◆ ahvol juda keskin tus oldi положение обострилось; ◆ zavodimizda ratsionalizatorlik harakati ommaviy tus olib ketdi на нашем заводе рационализаторское движение приняло массовый характер; ◆ bu odat tusiga kirib qoldi 1) это вошло в обычай, это стало обычаем; 2) это вошло в привычку, это стало привычкой.

tus II
(из chust); ◆ tus doʻppi или ◆  tus nusxa doʻppi чустская (ферганская) тюбетейка (чёрная с белой вышивкой, получившая широкое распрастранение по всему Узбекистану).