ICAO aeroport kodi
ICAO aeroport kodi yoki joylashuv koʻrsatkichi butun dunyo boʻylab aerodromlarni belgilaydigan toʻrt harfli koddir. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (inglizcha: International Civil Aviation Organization) tomonidan belgilanadigan va ICAO 7910-sonli hujjatida eʼlon qilinadigan ushbu kodlar: Joylashuv koʻrsatkichlari havo harakatini boshqarish va parvozlarni rejalashtirish kabi aviakompaniya operatsiyalarida qoʻllanadi. ICAO kodlari, shuningdek, ob-havo stansiyalari, xalqaro parvozlarga xizmat koʻrsatish stansiyalari yoki hududiy boshqaruv markazlari kabi boshqa aviatsiya obyektlarini, ular aeroportlarda joylashgan yoki boʻlmaganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Parvoz maʼlumotlari hududlari ham unikal ICAO kodi bilan belgilanadi.
Tarixi
tahrirXalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti 1947-yilda BMT shafeligida tashkil etilgan boʻlib, u havo harakatini boshqarish va aeroportni identifikatsiyalashni sodda va tushunarli qilish uchun parvozlar maʼlumot mintaqalarini (FIR) tashkil etdi.
ICAO kodlari va IATA kodlari
tahrirICAO kodlari alohida va odatda aviakompaniyalar jadvallari, bandlovlar va bagaj yorliqlari uchun ishlatiladigian IATA kodlaridan farq qiladi. Masalan, Londonning Hitrou aeroporti uchun IATA kodi LHR va ICAO kodi EGLL. IATA kodlaridan, odatda, yoʻlovchilar va keng jamoatchilik FlightAware kabi parvozlarni kuzatish xizmatlarini koʻrish uchun foydalanadi.
Umuman olganda, IATA kodlari odatda aeroport yoki u xizmat koʻrsatadigan shahar nomidan olinadi, ICAO kodlari esa mintaqa va mamlakatlar boʻyicha taqsimlanadi. IATA kodlaridan koʻra koʻproq aerodromlarda (keng maʼnoda) ICAO kodlari mavjud boʻlib, ular baʼzan temir yoʻl stansiyalariga ham tayinlanadi. ICAO kodlarini tanlash qisman har bir mamlakatning vakolatlariga topshiriladi, geografik tuzilishga ega boʻlmagan IATA kodlari esa IATA tomonidan markaziy ravishda hal qilinishi kerak.
Tuzilmasi
tahrirOdatda, ICAO kodining birinchi bir yoki ikkita harfi mamlakatni ifodalaydi, qolgan harflar esa qoʻshni raqamlar bilan koʻrsatilganidek, aeroportni ifodalaydi. ICAO kodlari geografik kontekstni taʼminlaydi. Misol uchun, agar kimdir Hitrou uchun ICAO kodi EGLL ekanligini bilsa, EGGP aeroporti Buyuk Britaniyaning boshqa biror joyi (EGGP Liverpul Jon Lennon aeroporti) degan xulosaga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, Hitrou uchun IATA kodi LHR ekanligini bilish LHV aeroportining joylashuvini aniqroq aniqlashga imkon bermaydi (LHR AQShning Lok Haven shahridagi (Pensilvaniya shtati) Uilyam T. Piper memorial aeroportining IATA kodi).
Siyosiy yoki maʼmuriy sabablarga koʻra tuzilgan ICAO kodlarida mintaqaviy tuzilishi boʻyicha bir nechta istisnolar mavjud. Masalan, Folklend orollaridagi RAF Mount Pleasant aviabazasiga xuddi Buyuk Britaniyadagidek EGYP ICAO kodi berilgan, ammo yaqin atrofdagi fuqarolik Port Stenli aeroportiga Janubiy Amerika bilan mos ravishda SFAL kodi berilgan. Xuddi shunday Sent-Pyer va Mikelon ham Fransiya tomonidan nazorat qilinadi va u yerdagi aeroportlar xuddi Yevropadagidek LFxx bilan belgilanadi. Kosovoga oʻzining geografik qoʻshnilari kabi Lxxx kodi bilan emas, balki Grenlandiya va Islandiya bilan guruhlangan BKxx kodi berilgan (quyida tasvirlangan). Quddus xalqaro aeroportiga ham LLJR (Isroil tomonidan), ham OJJR (Iordaniya tomonidan) kodlari berilgan, ammo aeroportdan hozirda foydalanilmayapti.
AQSh va Kanadada koʻplab aeroportlarning ICAO kodlari mazkur aeroportlarning IATA kodlarining yoniga geografik masublikni bildiruvchi qoʻshimcha qoʻshish orqali yasalgan (masalan, YEG va CYEG ikkalasi ham Edmonton xalqaro aeroportiga, IAD va KIAD esa Vashington-Dalles xalqaro aeroportini ifodalaydi). Bu oʻxshashlik Alyaska (PAxx), Gavayi (PHxx) yoki AQSh hududlariga taalluqli emas. Misol tariqasida, Maui shahridagi Kahului aeroporti IATAda OGG kodi va ICAOda PHOG kodi bilan tavsiflangan.
ICAO aeroporti kodlari I yoki J yoki X yoki Q harflari bilan boshlanmaydi, lekin Marsdagi Jezero krateriga JZRO maxsus ICAO kodi berilgan[1]. I bilan boshlanadigan kodlar (Ixx va Ixxx) koʻpincha navigatsiya vositalari, masalan radiomayoqlar uchun ishlatiladi, Q esa xalqaro radioaloqa va geografik boʻlmagan maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Rossiya va MDHda lotin harfi X (yoki uning Morze / Baudot kirillcha ekvivalenti) ichki aerodrom kodlaridagi hukumat, harbiy va eksperimental aviatsiya aerodromlarini tuzilishi va maqsadi boʻyicha ICAO kodlariga oʻxshash, lekin xalqaro miqyosda qoʻllanilmaydi[2]. ZZZZ soxta kod boʻlib, ICAO kodi tayinlanmagan aerodromlar uchun parvoz rejalarida qoʻllanadi.
Soxta (Psevdo) ICAO kodlari
tahrirBelgiya yoki Niderlandiya kabi kichik mamlakatlarda deyarli barcha aerodromlar ICAO kodiga ega. Buyuk Britaniya yoki Germaniya kabi kattaroq davlatlar uchun cheklangan miqdordagi harf kodlarini hisobga olsak, barcha aeroportlarni kodlash mumkin emas. Baʼzi mamlakatlar ushbu muammoni ICAO sub-aerodrom kodlari sxemasini joriy etish orqali hal qildi, masalan, Fransiya LFddnn uslubidagi psevdokodlardan foydalanadi, bu yerda dd departamentni, nn esa ketma-ket hisoblagichni bildiradi. Fransiyada havaskor tashkilot sanaladigan FFPLUM (Fédération Française des Planeurs Ultra Légers, „Fransiya ultra yengil motorli planerlar federatsiyasi“) rasmiy ravishda ushbu kodlarning saqlovchisi hisoblanadi[3]. Antarktidadagi koʻplab aerodromlarda AT va ikkita raqamli soxta ICAO kodlari mavjud, boshqalarida esa Yangi Zelandiya uchun NZ kabi asosiy egasi mamlakatlarning tegishli kodlari mavjud.
Prefikslar
tahrirPrefix kodi | Mamlakat |
---|---|
A — Gʻarbiy Tinch okeani janubi mintaqasi | |
AG | Solomon Orollari |
AN | Nauru |
AY | Papua Yangi Gvineya |
B — Grenlandiya, Islandiya va Kosovo (yevropacha muqobili) | |
BG | Grenlandiya |
BI | Islandiya |
BK | Kosovo |
C — Kanada | |
C | Kanada |
D — Gʻarbiy Afrika va Magʻribning sharqiy qismlari | |
DA | Jazoir |
DB | Benin |
DF | Burkina Faso |
DG | Gana |
DI | Kot-dʼIvuar |
DN | Nigeriya |
DR | Niger |
DT | Tunis |
DX | Togo |
E — Shimoliy Yevropa | |
EB | Belgiya |
ED | Germaniya (fuqarolik aeroportlari) |
EE | Estoniya |
EF | Finlandiya |
EG | Birlashgan Qirollik (va uning mustamlakalari) |
EH | Niderlandiya |
EI | Irlandiya |
EK | Daniya va Farer orollari |
EL | Lyuksemburg |
EN | Norvegiya |
EP | Polsha |
ES | Shvetsiya |
ET | Germaniya (harbiy aeroportlar) |
EV | Latviya |
EY | Litva |
F — Markaziy Afrikaning aksar davlatlari, Janubiy Afrika va Hind okeani | |
FA | JAR |
FB | Botsvana |
FC | Kongo Respublikasi |
FD | Esvatini |
FE | Markaziy Afrika Respublikasi |
FG | Ekvator Gvineyasi |
FH | Muqaddas Yelena, Vozneseniya va Tristan-da-Kunya orollari |
FI | Mavritsiya |
FJ | Hind okeanidagi Britaniya hududi |
FK | Kamerun |
FL | Zambiya |
FM | Komorlar, Fransiya (Mayotta and Reyunion), and Madagaskar |
FN | Angola |
FO | Gabon |
FP | San-Tome va Prinsipi |
FQ | Mozambik |
FS | Seyshell orollari |
FT | Chad |
FV | Zimbabve |
FW | Malavi |
FX | Lesoto |
FY | Namibiya |
FZ | Kongo Demokratik Respublikasi |
G — Gʻarbiy Afrika va Magʻribning sharqiy qismlari | |
GA | Mali |
GB | Gambiya |
GC | Ispaniya (Kanar orollari) |
GE | Ispaniya (Seuta va Melilla) |
GF | Syerra-Leone |
GG | Gvineya-Bisau |
GL | Liberiya |
GM | Marokash |
GO | Senegal |
GQ | Mavritaniya |
GS | Gʻarbiy Sahroi Kabir |
GU | Gvineya |
GV | Kabo-Verde |
H — Sharqiy Afrika va Shimoli-sharqiy Afrika | |
HA | Efiopiya |
HB | Burundi |
HC | Somali (Somalilend ham) |
HD | Jibuti |
HE | Misr |
HH | Eritreya |
HJ | Janubiy Sudan |
HK | Keniya |
HL | Liviya |
HR | Ruanda |
HS | Sudan |
HT | Tanzaniya |
HU | Uganda |
K — AQShning materik qismi | |
K | Amerika Qoʻshma Shtatlari (Alyaska va Gavayi bunga kirmaydi) |
L — Janubiy Yevropa, Isroil, Falastin va Turkiya | |
LA | Albaniya |
LB | Bolgariya |
LC | Kipr |
LD | Xorvatiya |
LE | Ispaniya (materik qismi va Balear orollari) |
LF | Fransiya (Fransiya metropoliyasi; xususan Sen-Pyer va Mikelon) |
LG | Gretsiya |
LH | Vengriya |
LI | Italiya (va San Marino) |
LJ | Sloveniya |
LK | Chexiya |
LL | Isroil |
LM | Malta |
LN | Monako |
LO | Avstriya |
LP | Portugaliya (xususan Azor orollari and Madeyra) |
LQ | Bosniya va Gersegovina |
LR | Ruminiya |
LS | Shveysariya va Lixtenshteyn |
LT | Turkiya |
LU | Moldova |
LV | Falastin/Falastin hududlari |
LW | Shimoliy Makedoniya |
LX | Gibraltar |
LY | Serbia va Chernogoriya |
LZ | Slovakiya |
M — Markaziy Amerika, Meksika va Karib havzasining shimoliy/gʻarbiy qismlari | |
MB | Terks va Kaykos orollari |
MD | Dominika Respublikasi |
MG | Gvatemala |
MH | Gonduras |
MK | Yamayka |
MM | Meksika |
MN | Nikaragua |
MP | Panama |
MR | Kosta-Rika |
MS | El Salvador |
MT | Gaiti |
MU | Kuba |
MW | Kayman orollari |
MY | Bagam orollari |
MZ | Beliz |
N — Janubiy Tinch okeani mintaqasining aksar qismi va Yangi Zellandiya | |
NC | Kuk orollari |
NF | Fiji, Tonga |
NG | Kiribati (Gilbert orollari), Tuvalu |
NI | Niue |
NL | Fransiya (Vallis va Futuna) |
NS | Samoa, United States (Amerika Samoasi) |
NT | Fransiya (Fransuz Polineziyasi) |
NV | Vanuatu |
NW | Fransiya (Yangi Kaledoniya) |
NZ | Yangi Zelandiya, Antarktidaning bir qismi |
O — Janubi-gʻarbiy Osiyo, xususan, Koʻrfaz mamlakatlari, Eron, Iroq, Pokiston | |
OA | Afgʻoniston |
OB | Bahrayn |
OE | Saudiya Arabistoni |
OI | Eron |
OJ | Iordaniya va Gʻarbiy Qirgʻoq |
OK | Quvayt |
OL | Livan |
OM | Birlashgan Arab Amirliklari |
OO | Ummon Sultonligi |
OP | Pokiston |
OR | Iroq |
OS | Suriya |
OT | Qatar |
OY | Yaman |
P — Shimoliy Tinch okeani mintaqasining aksar qismi va Kiribati | |
PA | AQSh (Alaska) (PF, PO va PP kodlari ham) |
PB | AQSh (Beyker orollari) |
PC | Kiribati (Canton Airfield, Foneks orollari) |
PF | AQSh (Alaska) (PA, PO va PP kodlari ham) |
PG | AQSh (Guam, Shimoliy Mariana orollari) |
PH | AQSh (Gavayi) |
PJ | AQSh (Jonson Atoll) |
PK | Marshall orollari |
PL | Kiribati (Layn orollari) |
PM | AQSh (Midvey oroli) |
PO | AQSh (Alaska) (PA, PF va PP kodlari ham) |
PP | AQSh (Alaska) (PA, PF va PO ham) |
PT | Mikroneziya Federativ Shtatlari, Palau |
PW | AQSh (Veyk orollari) |
R — Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin | |
RC | Xitoy Respublikasi (Tayvan) |
RJ | Yaponiya (materika qismi) |
RK | Koreya Respublikasi |
RO | Yaponiya (Okinava prefekturasi) |
RP | Filippin |
S — Janubiy Amerika | |
SA | Argentina (xususan, Antarktidaning ayrim qismlari) |
SB | Braziliya (SD, SI, SJ, SN, SS va SW ham) |
SC | Chili (xususan, Pasxa oroli va Antarktidaning ayrim qismlari) SH ham |
SD | Braziliya (SB, SI, SJ, SN, SS va SW ham) |
SE | Ekvador |
SF | Birlashgan Qirollik (Folklend orollari) |
SG | Paragvay |
SH | Chili (SC ham) |
SI | Braziliya (SB, SD, SJ, SN, SS va SW ham) |
SJ | Braziliya (SB, SD, SI, SN, SS va SW ham) |
SK | Kolumbiya |
SL | Boliviya |
SM | Surinam |
SN | Braziliya (SB, SD, SI, SJ, SS va SW ham) |
SO | Fransiya (Fransiya Gvianasi) |
SP | Peru |
SS | Braziliya (SB, SD, SI, SJ, SN va SW ham) |
SU | Urugvay |
SV | Venesuela |
SW | Braziliya (SB, SD, SI, SJ, SN va SS ham) |
SY | Gayana |
T — Karib havzasinig sharqiy va janubiy qismlari | |
TA | Antigua va Barbuda |
TB | Barbados |
TD | Dominika |
TF | Fransiya (Gvadelupa, Martinika, Sen-Bartelemi, Sen-Martin) |
TG | Grenada |
TI | AQSh (Amerikaning Virgin orollari) |
TJ | AQSh (Puerto-Riko) |
TK | Sent Kitts va Nevis |
TL | Sent Lyusiya |
TN | Karib Niderlandiyasi, Aruba, Kyurasao, Sint Marten |
TQ | Birlashgan Qirollik (Anguilla) |
TR | Birlashgan Qirollik (Montserrat) |
TT | Trinidad va Tobago |
TU | Birlashgan Qirollik (Britaniyaning Virgin orollari) |
TV | Sent Vinsent va Grenadinlar |
TX | Birlashgan Qirollik (Bermud oroli) |
U — Sobiq Sovet ittifoqining aksar mamlakatlari | |
U | Rossiya (quyidagilardan tashqari) |
UA | Qozogʻiston |
UB | Ozarbayjon |
UC | Qirgʻiziston |
UD | Armaniston |
UG | Gruziya |
UK | Ukraina |
UM | Belarus va Rossiya (Kaliningrad viloyati) |
UT | Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston |
V — Janubiy Osiyoning aksariyat mamlakatlari, Janubi-sharqiy Osiyoning materik qismi, Hong Kong va Makao | |
VA | Hindiston (Gʻarbiy Hindiston) |
VC | Shri Lanka |
VD | Kambodja |
VE | Hindiston (Sharqiy Hindiston) |
VG | Bangladesh |
VH | Hong Kong |
VI | Hindiston (Shimoliy Hindiston) |
VL | Laos |
VM | Makao |
VN | Nepal |
VO | Hindiston (Janubiy Hindiston) |
VQ | Butan |
VR | Maldiv Respublikasi |
VT | Tailand |
VV | Vyetnam |
VY | Myanma |
W — Janubi-sharqiy Osiyoning qirgʻoq boʻyi mamlakatlari | |
WA | Indoneziya (WI, WQ va WR ham) |
WB | Bruney, Malayziya (Sharqiy Malayziya) |
WI | Indoneziya (WA, WQ va WR ham) |
WM | Malayziya (Gʻarbiy Malayziya) |
WP | Sharqiy Timor |
WQ | Indoneziya (WA, WI va WR ham) |
WR | Indoneziya (WA, WI va WQ ham) |
WS | Singapur |
Y — Avstraliya | |
Y | Avstraliya (xususan Norfolk oroli, Rojdestvo oroli, Kakos (Kiling) orollari va Avstraliya Antarktika hududi) |
Z — Xitoy, Shimoliy Koreiya va Moʻgʻuliston | |
Z | Materik Xitoy (ZK va ZM dan tashqari) |
ZK | Shimoliy Koreya |
ZM | Mongoliya |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Metropolitan area airport codes travel guide from Wikivoyage — for areas served by several airports
- Airport codes travel guide from Wikivoyage — relating to particular airports* International Civil Aviation Organization (official site)
- ICAO Free World Airport and Runway Map (ICAO official site)
- Airport IATA/ICAO Designator / Code Database Search (from Aviation Codes Central Web Site — Regular Updates)
- „Airport ABCs: An Explanation of Airport Identifier Codes“. Air Line Pilot. Air Line Pilots Association (1994-yil dekabr). 2009-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-iyun.