Kontent qismiga oʻtish

Iosif-Georgiyevskiy ibodatxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
General information
Type Pravoslav cherkovi
Address Sayilgoh ko‘chasi
Town or city Тoshkent
Country OʻzbekistonO‘zbekiston
Coordinates 41/31/31/N/69/27/0/E
Completed 1868-yili
Inaugurated N.F.Ulyanov (1877-yilda rekonstruksiya qilingan)
Destroyed 1995-yilda buzib tashlangan

Iosif-Georgiyevskiy ibodatxonasi — 1868-1995-yillarda Toshkentda (Oʻzbekiston)dagi Rus pravoslav cherkovining O‘rta Osiyo metropolitan okrugi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga qarashli pravoslav cherkovi tarkibida faoliyat ko‘rsatgan(1909-yil martgacha — cherkov). Ushbu muassasa Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkovi hisoblangan[1].

Jozef-Georgiyevskiy cherkovi Nikolay Konstantinovich saroyi hududiga kiraverishda joylashgan.

Ushbu cherkov 1868-yil 22-dekabrda muqaddas maskan sifatida tan olinib, shu tariqa Toshkentdagi birinchi pravoslav cherkoviga aylantirilgan [1].

Dastlab bino loy g‘ishtdan qurilgan. 1877-yilda arxitektor-meʼmor N.F.Ulyanov loyihasi bo‘yicha muhandis Shavrov rekonstruksiyasi asosida yangi bino sifatida qayta qurilgan.

800 ga yaqin kishini o‘z ichiga sig‘dira olgan cherkov uch qavatli qo‘ng‘iroq minorasi va ikonostazga ega bo‘lgan. 1893-yilgacha u harbiy bo‘lim tomonidan boshqarilgan. 1909-yil mart oyida u ibodatxona (cherkov)maqomini olgan.

1931-yilda ibodatxona yopilgan, shundan so‘ng binodan qo‘g‘irchoq teatri binosi sifatida foydalanila boshlangan.

Qo‘g‘irchoq minorasi esa Ulug‘ Vatan urushi boshlanishidan oldin demontaj qilingan.

1995-yilda Iosif-Georgiyevskiy ibodatxonasi binosi buzib tashlangan.

  • Голенберг В. А. Старинные храмы Туркестанского края. — Ташкент, 2011.