Kontent qismiga oʻtish

Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi
ruscha: Храм Святого Александра Невского при Ташкентской учительской семинарии
Muqobil nomlari Avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi
Umumiy maʼlumot
Maqomi saqlanmagan
Shahar Toshkent
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qurilishi tugagan 1898-yil
Buzilgan sana 2009-yil 18–21-noyabr[1]
Texnik holati
Material pishgan gʻisht
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Aleksey Benua
Quruvchi Y. P. Dubrovin
Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovi Vikiomborda

Toshkent oʻqituvchilar seminariyasi qoshidagi avliyo Aleksandr Nevskiy ehromi1898-yilda me’mor Aleksey Benua tomonidan barpo etilgan cherkov. U 2009-yilda Toshkent shahar hokimiyati qarori bilan buzib tashlangan. Inqilobgacha u rus pravoslav cherkovining Oʻrta Osiyo mitropolit okrugining Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasiga qarashli boʻlgan.

1879-yilda Toshkentda maktab oʻqituvchilari, jumladan, rus-tuzem maktablari oʻqituvchilar tayyorlash uchun moʻljallangan Turkiston oʻqituvchilari seminariyasi ochilgan.

1897-yilda me’mor Aleksey Leontevich Benua loyihasiga koʻra, Konstantinovskiy maydoni yaqinida seminariya uchun yangi bino quriladi. Aleksey Benua, shuningdek, binoning gʻarbiy qismiga tutash besh gumbazli uy cherkovi loyihasining muallifi ham edi. Mazkur cherkovning qurilish ishlarini E.P.Dubrovin olib boradi. Bu bino 1898-yilda qurib bitkaziladi. Ushbu cherkov knyaz Aleksandr Nevskiyga bagʻishlangan.

1917-yil inqilobdan keyin seminariya Krayeva oʻzbek oʻgʻlonlari ta’lim institutiga aylantiriladi. Keyinchalik uning binosi yoʻq qilingan. 30-yillarda esa ehrom yopilgan: uning gumbazlari buzib tashlangan, cherkov binosining oʻzi, garchi u oʻzining asl  holatini yoʻqotgan boʻlsa ham, turli ehtiyojlar uchun foydalaniladi. XXI asrda bu yerda turli tijorat banklarining idoralari joylashgan boʻlib, bino nafaqat yaxshi saqlanib qolgan, balki me’moriy yodgorlik maqomiga ham ega boʻladi[2]

Shunga qaramay, shahar hokimiyati yangi ma’muriy bino qurish uchun shahar markazida joy ajratish uchun sobiq ehromni buzishga qaror qiladi. Muhofazalangan maqomiga qaramay, 2009-yil 18-21-noyabrda cherkov buzib tashlanadi[3]. Shu bilan birga, eski maydondagi 100 yoshdan oshgan daraxtlar koʻpchiligi kesib yuboriladi.

“Arxnadzor” harakati koordinatori Natalya Samoverning sharhiga koʻra, "Jahon amaliyotiga koʻra, bu bino, agar uning yoshi va tashqi koʻrinishining badiiy ifodasi tufayli, davlat himoyasiga olish uchun barcha asoslar boʻlsa... Oʻqituvchilar seminariyasi cherkovini buzish bilan Toshkent hukumati haqiqatai oʻz shahri va mamlakati tarixini yoʻq qildi. Bu bino Oʻzbekiston uchun rus uslubidagi qurilgan me’morchilikning noyob namunasi boʻlmay, balki inqilobdan oldingi Toshkentning, rus madaniyati oʻzbeklar bilan oʻrtoqlashgan va oʻzaro aloqada boʻlgan shaharning multimdaniyatliligiga guvoh edi”[2].

  1. „Теряем Память…“ (ruscha). mytashkent.uz. Письма о Ташкенте (2016-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 8-oktabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 Снос здания православной церкви XIX в Ташкенте: подробности // ИА REGNUM, 25 ноября 2009.
  3. В Ташкенте снесён православный храм и демонтированы памятники в честь победы в Великой Отечественной (Wayback Machine saytida 2015-02-11 sanasida arxivlangan) // «Русский обозреватель», 23 ноября 2009.
  • Golenberg V.A. Turkiston viloyatining qadimiy ibodatxonalari. - Toshkent, 2011 yil.