Janubiy bug
Qiyofa
Janubiy bug | |
---|---|
ukraincha: Півде́нний Буг | |
Tavsif | |
Uzunligi | |
Suv sarfi | m³/s |
Davlat | Ukraina |
Janubiy bug |
Janubiy bug (ukraincha: Півде́нний Буг) — Ukrainaning jan.gʻarbidagi daryo. Uzunligi 806 km. Havzasining mayd. 63,7 ming km2. Volin-Podoliya qirlaridan boshlanib, Qora dengizining Bug limaniga kuyiladi. Mavsumiy qor va yomgʻirlardan suv oladi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 90 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi. noyabrning boshidan yanvarning oʻrtalarigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Bakshala, Volk, Zgar, Rov, Kodima, Savranka, Chichikleya, chapda — Sob, Sinyuxa, Mertvovod, Ingul. Vinnitsa sh. yaqinida va Voznesensk sh.dan kema qatnaydi. J. b. sohilida Mykolaiv, Pervomaysk, Vinnitsa, Gayvoron, Xmelnitskiy sh.lari bor. GES qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]