Kontent qismiga oʻtish

Kenzaburō Ōe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kenzaburō Ōe
Tavalludi 31-yanvar 1935
Vafoti 3-mart 2023[1]
Ijod qilgan tillari Yapon tili[2]
Fuqaroligi Yaponiya va Yaponiya imperiyasi

Oe Kenzaburo (1935.31.1, Exime prefekturasi, Yaponiya — 13-mart 2023-yil[3]) — yapon yozuvchisi. Tokio universitetining fransuz adabiyoti boʻlimini tugatgan (1959). Rable ijodini puxta oʻrgangan. 50-yillardan adabiyotga kirib kelgan. "Mol boqish" hikoyasi (1958) Oe Kenzaburoga shuhrat keltirgan va Akutagava nomidagi mukofotga sazovor boʻlgan (1959). Oe Kenzaburoning "Kechikkan yoshlar" (1962) romanida yosh avlod taqdiri, yoshligi tufayli urushga kechikkan va urushdan keyin maʼnaviy-axloqiy azobga duchor boʻlgan yosh fuqaroning fojiasi aks etgan. "Hayqiriq" (1963), "Shahvatparast odam" (1963) asarlarida biron-bir axloqiy majburiyat bilan bogʻlanmagan kishi tas-virlangan. "Shaxsiy tajriba" (1964) romanida hozirgi yoshlarning jamiyat oldidagi burchi, ularning axloqiy izlanishlari muammosi koʻrsatilgan. Xirosima fojiasi, insoniyat taqdiridan xavotirlanish gʻoyalari "Xirosima xotiralari"da (1966), "1860-yil futboli" (1967), "Suvlar meni ruhimgacha bagʻriga oldi" (1—2-qism, 1973), "Xaloskorning esdaliklari" (1976) romanlarida aks ettirilgan. "Tengqurlar oʻyini" (1979) ijtimoiy romani Yaponiyaning oʻtmishi va kelajagi haqida. Nobel mukofoti laureati (1994)[4].

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3.  РИА новости(rus.) Telegram mesenjerida
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil