José Saramago
Qiyofa
José Saramago | |
---|---|
Tavalludi | 16-noyabr 1922 |
Vafoti | 18-iyun 2010[1] |
Ijod qilgan tillari | Portugal tili[2] |
Fuqaroligi | Portugaliya[3] |
José Saramago (taxallusi; asl ism-sharifi Joze Mariya Ferreyra de Kastro) (1922, Portugaliya) — portugal yozuvchisi va shoiri. Ilk romani — "Gunohkorlar yeri" 25 yoshida chop etilgan. Ushbu asaridan koʻngli toʻlmagan S. 19 yil davomida hech qanday asar yozmagan. 1966-yil "Ehtimoliy sheʼrlar" poetik toʻplami nashr etilgan. "Yerdan unib chiqqanlar" (1980) romanida hech qachon oʻz yeri boʻlmagan dehqon oilasining 3 avlodi tarixi hikoya qilingan. "Monastir xotiralari" (1982) romani bir qaraganda oldingi asarining davomidek tuyulsada, biroq bu — boshlangʻich taassurot. Roman tarixiy mavzuda boʻlib, 18-asrning 1-yarmi voqealariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (1998).[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |