Kontent qismiga oʻtish

Lahmakun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Patnisdagi Lahmakun
Lahmakun bilan salat
Lahmakun ichiga koʻpincha sabzavotlar solinib, oʻraladi

Lahmajun (arabcha: لحم بعجين ‎ bi-adjin- „xamirli goʻsht“, armancha: Լահմաջո, turkcha: Lahmacun) sharqona xalqlarning mashhur taomidir. Milliy Xoxishlargaga koʻra, uni arman, turk yoki arab pitsasi deb atashadi[1]. Taomning asosiy komponenti qarsildoq yupqa yopgan non boʻlib, unga qiymalangan goʻsht (asosan qoʻy goʻshti, kamdan-kam hollarda mol goʻshti), pomidor yoki uning sousi, bolgar qalampiri, piyoz, sarimsoq, koʻkatlar, qora murch, oregano solinadi[2]. Toʻgʻri pishirilgan lahmakunning vazni taxminan 150-170 grammni tashkil qiladi.

Armanistonda Sovet ittifoqi davrida, 1960-yillarda lahmajun Suriyaning Halab shahridan kelgan repatriantlar tufayli mashhurlikka erishdi[1].

Sharqda obi nonlar bir necha asrlardan buyon tayyorlanib kelinadi. Ularni tandirda yopishadi, metal tova va sajlarda qovurilgan[3]. Isteʼmol qilishga va olib yurishga qulay boʻlishi uchun goʻsht va boshqa mahsulotlar non ichiga solinib, soʻng oʻralgan. Bu turdagi taomlarning koʻpchiligi (lahmakun bilan birga — masalan, sfiha va manakish) bir vaqtlar Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarda, birinchi navbatda, Turkiya, Suriya, Livan, Iroq va Armanistonda mashhur boʻldi[3][4].

Istanbulda bu taom 20-asrning oʻrtalarida paydo boʻlgan[5], unga qadar esa mamlakatning janubi-sharqiy hududlaridagina keng tarqalgan edi[6]. 2016-yilda Rossiyada ochilgan, asosan lahmakun tayyorlashga moʻljallangan, arman oshxonasiga ixtisoslashgan ikki restoran turk matbuotida noroziliklarga sabab boʻldi[7].

  1. 1,0 1,1 Petrosian, Underwood 2006.
  2. Minaki 2014.
  3. 3,0 3,1 Encyclopedia of Jewish Food. HMH, 17-noyabr 2010-yil. ISBN 9780544186316. 
  4. Marks, Gil. The World of Jewish Cooking. New York: Simon and Schuster, 1999 — 37-bet. ISBN 978-0-684-83559-4. 
  5. Reading the Past: The Politics of Cultural Heritage in Contemporary Istanbul. University of California, Berkeley, 1997 — 149-bet. „We became a nation of lahmacun eaters. Fifty years ago no one in Istanbul knew what lahmacun was — or if we did, we called it pizza.“ 
  6. Bartu, Ayfer „Rethinking Heritage Politics in a Global Context“, . Hybrid Urbanism: On the Identity Discourse and the Built Environment. Greenwood Publishing Group, 2001 — 154-bet. ISBN 978-0-275-96612-6. 
  7. „A ʻpizza war’ has broken out between Turkey and Armenia“ (en). The Independent (2016-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.