Prolin
Prolin, a-pirrolidinkarbon kislota, C2H9O2N — rangsiz kristall modda. Mol. m. 115,1, suvda yaxshi, spirtda oz eriydi. 3 ta stereoizomeri maʼlum: D, L va DL (suyuqlanish temperaturasi 205° dan 222° gacha). P. almashti-rib boʻladigan aminokislota; kishi organizmida glutamin kislotadan sin-tezlanadi. Sintetik P.ni turli usulda olish mumkin. L -P. barcha oqsillar tarkibiga kiradi. Prolamin (boshoqli oʻsimliklar doni)da, kollagenda, r-kazein va elastinda koʻp. Insulin, ad-renokortikotrop gormon, gramitsidin S va boshqa biologik ahamiyati muhim pep-tidlar tarkibiga kiradi. D -P. baʼzi alkaloidlar tarkibida boʻladi. DL -P. 1900-yilda nemis kimyogari R. Vilsh-tetter tomonidan sintez qilingan, nemis olimi E. Fisher 1901-yilda kazein gidrolizatidan ajratib olgan.[1]
Prolin— geterotsiklli aminokislota. Barcha tabiiy oqsillarning va koʻplab biologiyalik narsalarning — garmonlarning, antibiotiklarning v. h. tarkibiga kiradi. Bu α- tashkil qiladigan va oqsillarning, uchinchi darajali tarkibini ishlashga qatnashadigan yagona aminokislota.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |